“Buxoro” – “Bunyodkor” uchrashuvidan so`ng o`tkazilgan matbuot anjumanida har ikki jamoa bosh murabbiylari o`yin haqidagi fikrlarini bildirib o`tishdi.
- Shiddatli va qiziqarli o`yin guvohi bo`ldik. Lekin yakunda qayd etilgan natija bizni qoniqtirmadi. Bu – futbol. Mag`lubiyatdan ko`ra durang natija ham yomon emas, menimcha. Shunga qaramasdan bugun maydonda bor shijoati bilan o`ynagan yigitlarga va muxlislarimizga katta raxmat aytaman, – deydi Ulug`bek Baqoev.
- G`alaba uchun kelgan edik. Lekin yakunda jangovar durang qayd etildi. Eng muhimi – stadionga kelgan muxlislar ajoyib futboldan zavq olishdi. Bugungi o`yin oldidan Komilov, Sobirxo`jaev jarohatlangan edi. Lekin yigitlar qo`ldan kelgancha yaxshi o`ynashga urinishdi. Nima ham derdik, 1 ochko ham – ochko, - dedi Mirjalol Qosimov.