“Lokomotiv” – AGMK / O`yindan keyingi matbuot anjumani

“Lokomotiv” – AGMK uchrashuvidan so`ng o`tkazilgan matbuot anjumanida har ikki jamoa bosh murabbiylari o`yin haqidagi fikrlarini bildirib o`tishdi.

- Bugungi natijadan biroz xafamiz. Har bir o`yinda maksimal darajada ochkolar qo`lga kiritish lozim. Bugun ham qanday bo`lmasin ochko olishimiz kerak edi. Bugun rosti “Lokomotiv” butun uchrashuv davomida ustunlik qildi. Omad biroz biz tomonda bo`lganida, balki durangga erisharmidik. Gol urganimizdan so`ng tezda javob goli o`tkazganimiz biroz ta`sir qildi. Mavsum avvalida jamoa oldiga kuchli oltilikka kirish vazifasi qo`yilgan. Buni hali hech kim o`zgartirmadi. Men o`zim himoyachi bo`lgan bo`lsam-da, jamoani muxlislarga yoqdigan o`yin namoyish etishga yo`naltirishni maqsad qildim, - dedi Baxtiyor Ashurmatov. 

- Bugun juda chiroyli o`yin namoyish etgani uchun barcha maydonga tushgan yigitlarga minnatdorchilik bildiraman.  Meni xurdsand qilgan jihat shundan iboratki,  biz gol o`tkazib yuborsak ham keyin o`z o`yinimizni topa oldik.  Bugun "Lokomotiv" futbolchilari chin ma`noda xarakter namoyish eta olishdi.  Endi davralar oralig`ida jamoamizni tarkib jihatidan kuchaytirishga urinamiz,  - dedi Andrey Fyodorov. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb