“Neftchi” – “Paxtakor” / O`yindan keyingi matbuot anjumani

“Neftchi” – “Paxtakor” uchrashuvidan so`ng o`tkazilgan matbuot anjumanida har ikki jamoa bosh murabbiylari o`yin haqidagi fikrlarini bildirib o`tishdi.

 

- Uchrashuvga odatdagidek tayyorgarlik ko`rdik. Jamoamiz safidagi bir qator o`yinchilarda xorij yig`inlaridagi charchoq alomatlari biroz sezilgandek bo`ldi. O`yin esa umuman olganda qiziqarli o`tdi. Yaratilgan qulay vaziyatlardan unumli foydalanishimiz kerak edi. Bugungi o`yin ham ko`rsatib turibdi, Superligada oson o`yin yo`q. Hozir uch ochkoni xech kim shunchaki “sovg`a” qilib bermaydi. Raqibning yosh tarkibini bugungi natija bilan tabriklashni istardim. “Neftchi”ning yosh o`yinchilari bugungi bahsda katta hajmdagi ishni bajarishdi va natijada o`zlarining ulkan hissalarini qo`shishdi, - dedi Shota Arveladze. 

- O`yinga jiddiy tayyorgarlik ko`rgan edik. Sababi o`yin oson kechmasligini bilardik. O`yinda gol urish uchun baribir imkoniyat yuzaga kelishi muqarrar edi. Biz aynan mana shuni kutdik va vaziyatdan foylandik. Darvozabonimiz Abdumavlon Abdujalilovga alohida rahmat aytmoqchiman. Qolaversa, butun jamoamizdan bugungi o`yinlari uchun minnatdorman. Yigitlar klub ichidagi qiyinchiliklarga qaramasdan, baribir professional futbolchi sifatida o`z kasbiga sodiq qolib, maydonda borini berib o`ynashdi. “Paxtakor”ni yutishni juda xohlagandik. So`nggi daqiqalardagi gol juda alamli bo`ldi. Biroq hozirgi holatimizdan kelib chiqsak, “Paxtakor” bilan durang yomon natija emas deb o`ylayman, - dedi Bahrom Haydarov.

mib
uzcard
cola
apex
bmb