“Metallurg” – “Nasaf” / O`yindan keyingi matbuot anjumani

“Metallurg” – “Nasaf” uchrashuvidan so`ng o`tkazilgan matbuot anjumanida har ikki jamoa bosh murabbiylari o`yin haqidagi fikrlarini bildirib o`tishdi.

 - Tayyor g`alabani qo`ldan boy berdik. Bunga o`zimiz aybdormiz, albatta. Agar ikkinchi bo`limda ham dastlabki bo`limdagidek o`ynaganimizda, g`alaba qozongan bo`lardik. Lekin ikkinchi bo`limda yigitlarimiz kurashdan to`xtab qolishdi. Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilarimiz o`yinimizni kuchaytira olishmadi negadir. Yozgi tanaffusda jamoamizda o`zgarishlar bo`ladi, albatta. Hozir asosan etakchi o`yinchilarimizni jamoamiz safida olib qolish haqida ko`proq bosh qotirayapmiz, - dedi Ro`ziqul Berdiev.

- Birinchi bo`limda negadir raqibdan hayiqib o`ynadik. Oldin bunday o`yin o`tkazganimizni eslay olmayman. Tanaffusda yigitlar bilan gaplashib oldik va ikkinchi bo`limda jamoamiz yaxshi harakat qildi. Ikkinchi bo`limdagi o`yinimiz uchun jamoamizga e`tirozim yo`q, - dedi Andrey Shipilov.

mib
uzcard
cola
apex
bmb