Ignatiy Nesterov yubiley 400-uchrashuvini o`tkazdi

O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi, uzoq yillardan buyon barqaror o`yin namoyish etib, ko`p sonli muxlislar olqishiga sazovor bo`lib kelayotgan mahoratli darvozavbon – Ignatiy Nesterov futbol bo`yicha O`zbekiston milliy chempionatlari yuqori divizionida yubiley – 400-uchrashuvini o`tkazdi. 

PEPSI Superligasi 13-tur uchrashuvlari doirasida “Metallurg”ga qarshi kechgan bahs Nesterov uchun yubiley o`yin sifatida futbolimiz tarixiga kirdi.

17 yoshida debyut o`yinini o`tkazgan Ignatiy Nesterov 400lik marrani zabt etgan dastlabki darvozabonga aylandi. U 400 ta o`yindan 215 tasida o`z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. Tajribali darvozabon shu paytga qadar hakamlar tomonidan 12 marta ogohlantirilgan. Shuningdek, bir marta qizil kartochkaga ham “loyiq ko`rilgan”. 

Ta`kidlash joizki, Ignatiy Nesterov hozirga qadar “Samarqand-Dinamo” (2001), “Paxtakor” (2002-2009), “Bunyodkor” (2009– 2013) jamoalari sharafini himoya qilgan.  2014 yildan boshlab esa “Lokomotiv” darvozasini qo`riqlab kelmoqda. 

 PEPSI Superliga 15-turi doirasidan o`rin olgan “Lokomotiv” – AGMK uchrashuvi starti oldidan Ignatiy Nesterovga Professional Futbol Ligasi tomonidan maxsus esdalik sovg`asi topshirildi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb