PEPSI Superliga: Bugun 15-turning yana 4 ta o`yini bo`lib o`tadi

Bugun PEPSI Superligada 15-tur uchrashuvlari davom ettiriladi. Kun doirasidan 4 ta o`yin o`rin olgan bo`lib, “Buxoro” o`z maydonida “Bunyodkor”ni qabul qiladi. “Nasaf” esa “Metallurg” mehmoni bo`ladi. Shuningdek, muxlislar “Neftchi” – “Paxtakor” hamda “Lokomotiv” – AGMK uchrashuvlariga guvoh bo`lishadi. 

 

12 iyun (seshanba)

“BUXORO” – “BUNYoDKOR”

Hakamlar: T. To`xtasinov, A. Marajabov, Z. Abdurahmonov, K. Rasulov.

Nazoratchi – D. Roman.

Komissar – B. Namozov.

“Buxoro” o`z maydonida “Bunyodkor”ni qabul qiladi. Mazkur jamoalar hozirga qadar milliy chempionatlarimiz doirasida 21 marta o`zaro to`qnash kelishgan. O`yinlarning 17 tasida “qaldirg`ochlar” g`alaba qozonishgan. “Buxoro” esa faqat bitta bahsda “Bunyodkor”ni mag`lub etgan. Yana 3 ta bellashuv durang bilan tugagan.  To`plar nisbati – 9:52.  

 

 

 

“METALLURG” – “NASAF”

Hakamlar: X. Ro`ziev, A. Burov, K. Sereda, A. Xudoyberganov.

Nazoratchi – A. Popov.

Komissar – M. Saidqosimov.

Bekobodda “Metallurg” Qarshining “Nasaf” jamoasi bilan bahs olib boradi. Ushbu ikki klub hozirgacha 41 marta o`zaro o`yin o`tkazishgan. Bugungi mezbonlar 10 ta, mehmonlar esa 26 ta o`yinda zafar quchishgan. 5 ta uchrashuv esa durang bilan yakunlangan. Bekobodlik futbolchilar “Nasaf” darvozasiga 32 marta gol kiritishgan. Qarshiliklar esa raqib darvozasini 70 marta aniq nishonga olishgan. 

 

 

 

“LOKOMOTIV” – AGMK

Hakamlar: Sh. Qosimov, O. Abduvasilov, S. Shoyusupov, E. Tursunov.

Nazoratchi – S. Ermatov.

Komissar – Sh. Rajabov.

“Lokomotiv” va AGMK jamoalari esa milliy chempionatlarimiz doirasida 19 ta o`yin o`tkazishgan. O`yinlarning 12 tasida “Lokomotiv”, 4 tasida AGMK g`alabaga erishgan. Yana 3 ta bahs durang bilan nihoyasiga etgan. O`zaro uchrashuvlardagi to`plar nisbati 42:22ni tashkil qilmoqda. 

 

 

“NEFTChI” – “PAXTAKOR”

Hakamlar: V. Kovalenko, R. Serazetdinov, A. Usmonov, D. Jalimov.

Nazoratchi – O. Dachev.

Komissar – J. Rahmatullaev. 

“Paxtakor” esa Farg`onada “Neftchi” mehmoni bo`ladi. Ushbu ikki jamoa qarama-qarshiliklari tarixi mustaqil O`zbekiston chempionatlari doirasida 1992 yildan boshlanadi. Hozirga qadar “Neftchi” va “Paxtakor” 53 marta to`qnash kelishgan. “Neftchi” 20 ta bahsni o`z foydasiga hal etgan bo`lsa, “Paxtakor” 25 ta o`yinda g`olib chiqqan. 8 ta o`yinda esa g`olib aniqlanmagan – durang.  To`plar nisbati – 66:90.  

mib
uzcard
cola
apex
bmb