Bugun "Qizilqum" o`z maydonida "So`g`diyona"ni qabul qildi va 2ta to`p farqi bilan g`alabaga erishdi. Uchrashuvdan so`ng o`tkazilgan matbuot anjumanida har ikki jamoa ustozlari quyidagicha fikr bildirib o`tishdi:
- Bugun haqli tarzda mag`lub bo`ldik. “Qizilqum” jamoasini g`alaba bilan tabriklayman. Rosti bugun maydonda faqat bitta jamoagina chinakam futbol o`ynadi. Raqiblar vaziyatlardan unumli foydalandi. Bizning jamoa esa bugun haqiqiy futbol namoyish etmadi. Transfer oynasi ochilgach, jamoada katta o`zgarishlarni amalga oshiramiz, - dedi Sergey Lushchan.

- G`alaba har ikkala jamoa uchun ham juda muhim edi. Tanaffus oldidan g`alabaga erishdik va yigitlar xush kayfiyatda dam olishga yul olishmoqda. Bugungi g`alabani muxlislarga bag`ishlaymiz. Transfer oynasi vaqtida tarkibimizda bir qator o`zgarishlar bo`ladi. Bir qator yangi futbolchilar bilan kelishuvga erishganmiz, - dedi Hamidjon Aktamov.