Professional futbol ligasi hamda Championat.asia hamkorligida o`tgan may oyining eng chiroyli golini aniqlashda Arslonmurod Omonov g`olib bo`ldi.
Pepsi Superliganing 11-turida Omonov “Lokomotiv” darvozasiga gol urib, Ignatiy Nesterovni ojiz qoldirgandi. Garchi bu gol “Buxoro” klubiga ochko keltira olmagan bo`lsa-da, muxlis va mutaxassislar uning chiroyini e`tirof etdi.
Ovoz beruvchi murabbiy va sardorlarning 7 nafari Omonovning golini etakchi deb topdi. Uch kishi golni 2-o`ringa, yana 5 kishi esa 3-o`ringa joylashtirdi. Shuningdek, futbol muxlislari ham “Buxoro” klubi vakilining goli eng ko`p ovoz berdi. Omonov jami 38 ochko to`pladi. Qayd etish kerak, Omonov yaqindagina aprel oyining eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olingandi.
2-o`rinni qo`lga kiritgan Muhammad Isaevning ham goli qiziq tomoni “Lokomotiv” darvozasiga urilgan. “Metallurg” futbolchisi jami 33 ochko ishladi. “Bunyodkor” hujumchisi Filip Raevats esa 23 ochko bilan kuchli uchlikni yakunladi.
O`tgan uch oy davomida uch futbolchi eng chiroyli golga ikki martadan da`vogar bo`ldi. Qizig`i, ularning hammasi legionerlar: Arslonmurod Omonov, Elguja Grigalashvili, Filip Raevats. “Buxoro” a`zosi aprel oyi uchun raqobatda 7-o`rin bilan cheklangandi. Aprelning eng chiroyli goli muallifi Elguja esa mart oyida 8-pog`onadan joy olgan. Mayda uchinchi bo`lgan Raevats esa martda 6-o`rindan joy olgan.
P.S. Kim kimga ovoz bergani borasidagi ma`lumot Championat.asia nashrida ko`rinish beradi.
