Professional futbol ligasining Championat.asia bilan hamkorlikda o`tkazayotgan so`rovnomasiga ko`ra, “Navbahor” posboni Botirali Ergashev may oyining eng yaxshi darvozaboni sifatida tan olindi.
Ovoz berish yakuniga ko`ra, Botirali raqobatchisi Eldor Suyunovni 1 ochkolik farq bilan ortda qoldirdi. Bunda “Navbahor” muxlislarining ovozi muhim rol o`ynaganini e`tirof etish kerak. Boisi, Championat.asia so`rovnomasida Ergashev eng ko`p ovoz oldi hamda 6 ochkoni qo`lga kiritdi. Suyunov esa muxlislar ovoziga ko`ra ikkinchi bo`ldi hamda 4 ochko bilan kifoyalandi.
Agar gap faqatgina bosh murabbiylar va jamoa sardorlari ovozidagina bo`lganida, bunda Eldor Suyunov “Navbahor”dagi raqibini 1 ochko ortda qoldirgan bo`lardi. Chunki Suyunovni 24 ovoz beruvchidan 10 nafari 1-o`rinda ko`rsatdi. Botirali Ergashevda esa bu ko`rsatkich 9 tani tashkil qildi.
Ergashevni 8 kishi 2-o`ringa, Suyunovni esa 7 kishi shu o`ringa loyiq ko`rdi. Yana 4 nafardan ovoz beruvchi bu posbonlarni uchlikka kiritdi.
Shu tariqa Botirali Ergashev Pepsi Superligasi vakillaridan 47, muxlislardan esa, jami — 53 ochko ishlab oldi. Suyunov esa birinchi frontdan 48, ishqibozlardan 4 ochko oldi, jami — 52. Reytingda “Qizilqum” posboni Evgeniy Cheremisin 29 ochkolik bo`ldi. “So`g`diyona” posboni Dilshod Hamroev esa 22 ochkoni qo`lga kiritdi.
May oyining eng yaxshi darvozaboni Botirali Ergashev bugun — 10 iyun kuni bo`lib o`tadigan Pepsi Superliganing 15-turi doirasidagi “Navbahor” — “Qo`qon-1912” o`yinida PFL sovrinini qabul qilib oladi. Uchrashuv 19:02 da start oladi.
P.S. Kim kimga ovoz bergani borasidagi ma`lumot Championat.asia nashrida ko`rinish beradi.