PFL hamda Championat.asia hamkorligidagi oyning eng yaxshilarini aniqlash masalasiga ovozlar kelishi davom etmoqda.
“Qo`qon-1912” klubi bosh murabbiyi No``mon Hasanov Shavkat Salomovga o`z ovozini berdi. Nosir Otaqo`ziev esa mayda eng yaxshisi deb Sardor Sobirxo`jaevni topdi.
Murabbiylar masalasida ham mutaxassis hamda sardorning fikrlari bir joydan chiqmadi. Otaqo`ziev “Navbahor” ustozini peshqadam sifatida ko`rsatdi va Qosimovni uchlikka kiritmadi. Uning bosh murabbiyi esa aksincha, Qosimovga birinchi o`rinni berib, Mo`minjonovni ikkiga joylashtirdi.
Mazkur jamoada turfa fikrlilik darvozabonlar masalasida ham davom etdi. Otaqo`ziev Eldor Suyunovga ishonch bildirdi, Hasanov esa Botirali Ergashevga. Murabbiy Suyunovni uchinchi qilib ko`rsatdi.
Va nihoyat gollar borasida ham fikrlar turlicha bo`ldi, biroq simpatiya “Buxoro” tomonga qarab ketdi. Otaqo`zievga Shavkat Salomovning goli yoqib qolgan. Hasanovga esa Arslonmurod Omonovning.
Ovoz berish davom etmoqda. Oldinda AGMK klubi vakillari qoldi.