PFL hamda Championat.asia hamkorligidagi oyning eng yaxshilarini aniqlash masalasiga ovozlar kelishi davom etmoqda.
“Buxoro” bosh murabbiyi Ulug`bek Baqoev shogirdi Salomovga ovoz berishni ma`qul deb topdi. Salomovning o`zi esa sobiq jamoasi “Bunyodkor”ning ikki futbolchisini ketma-ketlikda ko`rsatdi.
Murabbiylar masalasida buxoroliklar Ilhom Mo`minjonovni maydagi etakchi deb topdi. Ular Andrey Fyodorovga ovoz berishmadi. Darvozabon masalasida esa Botirali Ergashevni eng yaxshisi sifatida tan olishdi.
Gollar borasida Salomovning ham, Baqoevning ham gapi bir joydan chiqdi — Arslonmurod Omonovning goli eng chiroyli. Sardor Mirzaevning o`zlariga urgan gollari esa undan keyingi o`rinda.