PFL hamda Championat.asia hamkorligidagi oyning eng yaxshilarini aniqlash masalasiga ovozlar kelishi davom etmoqda.
“Paxtakor” murabbiyi Shota Arveladze hamda sardori Kamoliddin Tojiev jamoa etakchilaridan biri bo`lgan Tiago Bezerrani eng yaxshi sifatida tan olishdi.
Murabbiylar masalasiga kelganda esa Arveladze o`ziga peshqadamlikni ravo ko`rdi. Keyingi o`ringa Qosimovni joylashtirdi. Tojiev esa ikkinchi pog`ona uchun Ilhom Mo`minjonovni munosib deb bildi.
“Paxtakorchilar” fikriga ko`ra, Suyunov eng yaxshi posbon. Muhammad Isaevning “Lokomotiv” darvozasiga urgan goli esa maydagi eng chiroylisi.