PFL hamda Championat.asia hamkorligidagi oyning eng yaxshilarini aniqlash masalasiga ovozlar kelishi davom etmoqda.
“Bunyodkor” ustozi Mirjalol Qosimov “paxtakorchi” Tiago Bezerrani maydagi eng yaxshisi sifatida tan oldi. Mutaxassis keyingi ikki o`ringa o`z shogirdlarini joylashtirdi. Sardor Javlon Ibrohimov esa maydonda o`ziga katta yordam berayotgan Sobirxo`jaev eng yaxshi ekaniga ishonadi.
Murabbiylar masalasida Qosimov o`ziga ovoz bermadi, balki Ilhom Mo`minjonovni eng yaxshi deb tan oldi. Ibrohimov esa bu masalada ham ishni “Bunyodkor”dan boshladi.
Qosimov ham, Ibrohimov ham “Paxtakor” posboni Eldor Suyunovga o`z ovozlarini taqdim etishdi. Gollar masalasida esa “Metallurg” a`zosi Muhammad Isaev “qaldirg`ochlar”dan umumiy 5 ochko ishlab oldi.