PFL hamda Championat.asia hamkorligidagi oyning eng yaxshilarini aniqlash masalasiga ovozlar kelishi davom etmoqda.
“Nasaf” ustozi Ro`ziqul Berdievga may oyida Sardor Sobirxo`jaev hammadan ko`proq yoqqani ma`lum bo`ldi. Jamoa sardori Dragan Cheran esa “Navbahor”dagi A`zam Alievga yuqori baho berdi.
Qarshiliklar Ilhom Mo`minjonovni bir ovozdan eng yaxshi deya tan oldi. Cheran Qosimovni uchlikka kiritmadi.
“Nasaf”ning sobiq posboni Eldor Suyunovga har ikki ovo beruvchi birinchilikni berdi. Gollar bobida esa bir xilda uch futbolchi tanlandi. Faqatgina ularning o`rnini boshqa-boshqa. Kim qanday ko`rinishda ovoz bergani bilan keyinroq batafsil tanishib olishingiz mumkin bo`ladi.