
Bugun Qirg`izistonning Jalolobod shahrida joylashgan "Qurmanbek" stadionida O`zbekiston hamda Qirg`izistonning "Neftchi" jamoalari o`rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishdi.
Tashkiliy jihatdan katta bayramga aylanib ketgan mazkur uchrashuvda farg`onaliklar o`yinning asosiy vaqtiga qo`shib berilgan daqiqada penaltidan kiritilgan gol evaziga kichik hisobda g`alaba qozonishdi.
O`rtoqlik o`yini
"Neftchi" (Qo`chqor-ota, Qirg`iziston) – "Neftchi" (Farg`ona, O`zbekiston) 0:1
Nazoratchi: Muxtor Qo`shoqov
Bosh hakam: Dmitriy Mashentsev
Qanot hakamlari: Ismoil Tolipjonov, Bahodir Qo`chqorov.
Zaxira hakami: Erlan Norboev
Gol: Abbos Maxstaliev (90+2 penalti)
"Neftchi" (Qo`chqor-ota): Davronbek Jo`raqulov, Almaz Malikov, Maqsud Haitov, Sherzod Shokirov (Aktilek Qodirkulov, 66), Alimbek Abdakimov (Timur Majidov, 73), Alisher To`xtasinov, Oleksandr Ignatenko, Esenbek Uson uulu, Eldor Moldajunusov, Umidullo Iminov (Siymik Askarbek uulu, 44), Otabek Haydarov.
"Neftchi" (Farg`ona): Abdumavlon Abdujalilov, Shukurali Po`latov, Sunatillo Ermatov, Abdujamol Isroilov, Abdurahmon Abdulhaqov (Abbos Maxstaliev, 58), Alisher Samatov, Mirjamol Ne`matov, Avaz Agaliev, Shodiyor Xojimatov, Xurshidbek Asqaraliev (Murod Bobojonov, 55), Islombek Karimov.
Ogohlantirish: Aktilek Qodirkulov (90)
Ta`kidlash joizki, Qirg`iziston futbol ligasi mazkur o`rtoqlik o`yinini yuqori saviyada o`tishida katta tashabbus ko`rsatdi. Ikki qo`shni mamlakat ligalari bundan buyon ham mana shunday sport tadbirlari tashkil etish, o`zaro hamfikrlik hamda tajriba almashish orqali faoliyat olib borishda davom etadi.