PFL hamda Championat.asia hamkorligidagi oyning eng yaxshilarini aniqlash masalasiga ovozlar kelishi davom etmoqda.
“Neftchi” vakillari bir ovozdan Sardor Sobirxo`jaevni eng yaxshi deb topgan. Mirjalol Qosimov borasida ham shu gap. Biroq may oyida ketma-ket 4 ta g`alabaga erishgan “Navbahor” ustozi Ilhom Mo`minjonov uchtalikda ham yo`q. Oldinroq Mo`minjonov o`zi uchun ovoz berishga muvaffaq bo`lgandi.
Farg`onaliklar “Paxtakor” darvozaboni Suyunovni ham uchlikka kiritmagan. Gollarga berilgan ovozlari esa bir-biridan keskin farq qilgan.