May. Nesterov raqobatchisi Eldor Suyunovni uchlikka ham kiritmadi

PFL hamda Championat.asia hamkorligidagi oyning eng yaxshilarini aniqlash masalasiga ovozlar kelishi davom etmoqda.

“Lokomotiv” vakillari bizga o`z ovozlarini taqdim etishdi. Albatta, eng yuqorida Sanjar Shoahmedov bor. Gollarning eng chiroylilari ham ular uchun Sardorlarga tegishli: Rashidov hamda Mirzaev.

Biroq keyingi o`rinlarda qiziq manzaralar bor. Nesterov eng yaxshilarga “Bunyodkor”ning ikki futbolchisini joyladi. Keyin esa Mirjalol Qosimovga etakchilikni berib yubordi. Ya`ni, ustozi Andrey Fyodorovni ko`r-ko`rona belgilab qo`ymadi.

 Hammasi mayliku-ya, posbon Shota Arveladzeni ham, termadagi raqobatchisi Eldor Suyunovni ham uchtalikka kiritmadi. Oyning eng yaxshilarini aniqlash tobora qiziqarli ko`rinish olyapti.

mib
uzcard
cola
apex
bmb