PFL hamda Championat.asia hamkorligidagi oyning eng yaxshilarini aniqlash masalasiga ovozlar kelishi davom etmoqda.
“Metallurg” bosh murabbiyi Andrey Shipilov “Paxtakor” vakillari bo`lgan Tiago Bezerra, Eldor Suyunov hamda Shota Arveladzeni eng yaxshilar sifatida tan oldi. Jamoa sardori Abror Xusinov esa jamoadoshi Zohid Abdullaevdan ko`z yuma olmadi. Shuningdek, darvozabonlardan Botirali Ergashevni yaxshiroq deb bildi.
Golga kelganda esa har ikki ovoz beruvchi “Metallurg” vakili Muhammad Isaevni qo`llashga harakat qilishdi. Futbolchining “Lokomotiv” darvozasiga urgan goli axir jamoaga sensatsion g`alabalardan birini taqdim etgandi.