PFL hamda Championat.asia hamkorligidagi oyning eng yaxshilarini aniqlash masalasiga ovozlar kela boshladi.
Jizzaxning “So`g`diyona” klubi bosh murabbiyi Sergey Lushchan may oyining eng yaxshi futbolchisi sifatida Sardor Sobirxo`jaevni tan oldi. Qiziq tomoni shundaki, Sobirxo`jaev aynan Lushchan murabbiylik qilgan davrda “Bunyodkor”ni tark etgandi.
Lushchan “Bunyodkor”da o`zining o`rnini egallagan Mirjalol Qosimovni oyning eng yaxshi murabbiyi deb topdi. May oyidagi barcha uchrashuvda zafar quchgan Ilhom Mo`minjonovni esa uchllikka ham kiritmadi. “So`g`diyona” sardori Akmal Xolmurodov ham uning yo`lidan yurdi.
Luchshan darvozabon masalasida ham printsipial yurishni amalga oshirdi va o`zining shogirdiga 1-o`rinni taqdim etmadi.

To`liq ovozlar g`oliblar aniqlanganidan keyin tanishib chiqish uchun taqdim etiladi. Bizni kuzatib boring.