
Xabaringiz bor, ikki qo`shni mamlakatlar o`rtasidagi munosabatlarni yanada yaxshilash, sport sohasida ham hamkorlik va tajriba almashishni yo`lga qo`yish maqsadida O`zbekiston va Qirg`iziston futbol ligalari har ikki mamlakatning "Neftchi" jamoalari o`rtasida o`rtoqlik o`yini o`tkazishga kelishib olgan edi.
Bugun Qirg`izistonning Jalolobod shahrida joylashgan "Qurmanbek" stadionida Qo`chqorotaning “Neftchi” klubi Farg`onaning “Neftchi” jamoasini qabul qiladi. Erta tongdan qo`shni mamlakatga yo`l olgan farg`onaliklar tushdan so`ng Jalolobodga etib borishdi. Ularni qo`shni mamlakat chegarasida Qo`chqorotaning “Neftchi” klubi vakillari kutib olishdi.
Uchrashuv bizning vaqtimiz bilan soat 17:00da start oladi. O`yinni Qirg`izistonning eng nomdor hakamlar guruhi boshqarib boradi. O`yin bosh hakami – Dmitriy Mashentsev.
O`rtoqlik o`yini
"Neftchi" (Qo`chqor-ota, Qirg`iziston) – "Neftchi" (Farg`ona, O`zbekiston)
Nazoratchi: Muxtor Qo`shoqov
Bosh hakam: Dmitriy Mashentsev
Qanot hakamlari: Ismoil Tolipjonov, Bahodir Qo`chqorov.
Zaxira hakami: Erlan Norboev