Futzal. “Lokomotiv”ga Toshkent derbisida texnik mag`lubiyat yozildi

Futzal bo`yicha O`zbekiston chempionatining 11-turidan joy olgan “Paxtakor” — “Lokomotiv” o`yinida mehmonlarga texnik mag`lubiyat yozildi.

Uchrashuvga mas`ul etib tayinlangan PFL komissari Jahongir Rahmatullaevning bildirgisiga ko`ra, “Lokomotiv” futbolchilari o`yinda ishtirok etishdan bosh tortgan.

Avval aytilgani kabi, futzal va ayollar jamoalaridagi muammo uchun jamoa rahbariyati javobgardir. PFL komissiyasi hozircha texnik mag`lubiyat jazosi bilan cheklanadi. Agar futzal klubida qandaydir muammo bo`lib, u tez orada bartaraf etilmasa, “Lokomotiv” masalasi qayta ko`rib chiqiladi.

Ma`lumot uchun, futzal formatiga ko`ra, “Lokomotiv” ertaga “Paxtakor”ga qarshi takroriy o`yinda zalga chiqishi kerak.

mib
uzcard
cola
apex
bmb