OFKning Klublarni litsenziyalash uyushmasi boshlig`i Toshkentda seminar o`tkazmoqda

Professional futbol ligasi milliy chempionatimizda ishtirok etayotgan klublarning har tomonlama professional faoliyat olib borishini ta`minlash, ularning infratuzilmasini yanada yaxshilash borasida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Jumladan, mamlakatimizga bir qator xorijlik katta tajribaga ega bo`lgan mutaxassislar ham taklif etilmoqda. Ular klublarimiz hodimlari bilan o`z tajriba va mahoratlarini o`rtoqlashishmoqda. 

 Bugun OFKning Klublarni litsenziyalash uyushmasi boshlig`i janob Maxajan Vasudevan Nair Toshkentga keldi. Uning tashrifidan ko`zlangan asosiy maqsad – PEPSI Superligasi ishtirokchi klublari hodimlariga litsenziyalash uchun qo`yiladigan asosiy talablar, bu borada ahamiyat qaratish zarur bo`lgan zarur jihatlar haqida yanada to`liqroq ma`lumot berishdir. Bugun va ertaga bo`lib o`tadigan seminarda klublar litsenziyalash bo`limi mutaxassislari hamda buxgalterlari ishtirok etishmoqda.  

mib
uzcard
cola
apex
bmb