May oyining eng chiroyli golini aniqlash boshlandi

O`zbekiston Professional futbol ligasi Championat.asia bilan hamkorlikda oyning eng yaxshilarini aniqlashda davom etadi. Navbat may oyiga etib keldi.

Chiroyli gollarga boy tarzda o`tayorgan PEPSI Superligasida mart oyi yakunlariga ko`ra ushbu nominatsiya g`olibligi Azizbek Turg`unboevga nasib etgandi. Aprelda esa Elguja Grigalashvili eng chiroyli golga mualliflik qildi.

 

May oyining eng chiroyli goli muallifi bo`lish uchun nomzodlar:

Sardor Rashidov — “Lokomotiv” 10-tur. “Neftchi” — “Lokomotiv” (1-goli);

Arslonmurod OmonovBuxoro11-tur. LokomotivBuxoro”;

Sardor MirzaevLokomotiv11-tur. LokomotivBuxoro”;

Filip RayevatsBunyodkor12-tur. AGMK — Bunyodkor”;

Azamat AllaniyozovNavbahor12-tur. NavbahorMetallurg” (3-goli);

Shavkat SalomovBuxoro13-tur. BuxoroNasaf”;

Muhammad IsaevMetallurg13-tur. MetallurgLokomotiv”.

 

Bu safar may oyida ham bir qator futbolchilar o`z kiritgan chiroyli gollari orqali muxlislar olqishiga sazovor bo`lishdi. Arslonmurod Omonov hamda Filip Rayevats esa ikkinchi bora oyning eng chiroyli goli muallifi bo`lish uchun da`vogarlar qatoridan o`rin olishdi.

 P.S. Ovoz berishda PEPSI Superliganing 12 ta klubi bosh murabbiylari va sardorlari ishtirok etadi.  Muxlislar ovozi esa Championat.asia nashrida qabul qilinadi. 

May oyining eng chiroyli gollari yig`ilgan videoni YouTube orqali championatasia kanalidan topish mumkin.

mib
uzcard
cola
apex
bmb