O`zbekiston Professional futbol ligasi Championat.asia bilan hamkorlikda oyning eng yaxshilarini aniqlashda davom etadi. Navbat may oyiga etib keldi.
Mart oyi yakunlariga ko`ra Murod Zuxurov eng yaxshi deya e`tirof etilgan edi. Aprel oyida esa g`oliblik O`tkir Yusupovga nasib etgandi. Lekin may oyida eng yaxshi bo`lish uchun da`vogarlar safida yuqoridagi ikki darvozabon yo`q.
May oyining eng yaxshi darvozaboni bo`lish uchun nomzodlar:
Eldor Suyunov— “Paxtakor” — 4 o`yin — 2 ta quruq o`yin (5 ta seyv);
Botirali Ergashev — “Navbahor” — 3 o`yin — 3 ta quruq o`yin (6 ta seyv);
Evgeniy Cheremisin — “Qizilqum” — 3 o`yin — 1 ta quruq o`yin (9 ta seyv);
Dilshod Hamroev — “So`g`diyona” — 4 o`yin — 2 ta quruq o`yin (5 ta seyv).
Ta`kidlash joizki, Eldor Suyunov uchinchi oydirki eng yaxshi bo`lish uchun da`vogarlik qilmoqda. Ammo hozircha u bu borada g`oliblikni qo`lga kirita olmadi. Botirali Ergashev bo`lsa ikkinchi marta da`vogarlar orasidan joy oldi.
P.S. Ovoz berishda PEPSI Superliganing 12 ta klubi bosh murabbiylari va sardorlari ishtirok etadi. Muxlislar ovozi esa Championat.asia nashrida qabul qilinadi.