Martda Turg`unboev, aprelda Omonov. Mayda kim eng yaxshi?

O`zbekiston Professional futbol ligasi Championat.asia bilan hamkorlikda oyning eng yaxshilarini aniqlashda davom etadi. Navbat may oyiga etib keldi.

Mart oyi yakunlariga ko`ra “Navbahor” a`zosi Aziz Turg`unboev eng yaxshi futbolchi uchun atalgan sovrinni qabul qilib olgandi. Aprelda esa “Buxoro” vakili Arslonmurod Omonov o`zini ko`rsatdi. Mazkur klub vakillarida may oyida ham imkoniyat bor, faqat boshqa futbolchilarda.

 

May oyida kim eng yaxshi futbolchi?

Tiago Bezerra — “Paxtakor” (4 o`yin — 2 gol va 1 golli pas);

Sardor Sobirxo`jaev — “Bunyodkor” (4 o`yin — 4 golli pas);

Filip Rayevats — “Bunyodkor” (4 o`yin — 3 gol);

A`zam Aliev — “Navbahor” (4 o`yin — 2 golli pas);

Shavkat Salomov — “Buxoro” (4 o`yin — 2 gol);

Sanjar Shoahmedov — “Lokomotiv” (4 o`yin — 1 gol va 2 golli pas);

Zohid Abdullaev — “Metallurg” (4 o`yin — 2 gol va 1 golli pas).

 

Mazkur ro`yxatdan faqatgina Tiago Bezerra ikkinchi bor ovoz berishda ishtirok etyapti. Futbolchilarga Pepsi Superliganing 12 ta klubi bosh murabbiylari va sardorlari ovoz beradi. Muxlislar esa Championat.asia nashridagi so`rovnomada ishtirok etishi mumkin.

mib
uzcard
cola
apex
bmb