O`zbekiston Professional futbol ligasi Championat.asia bilan hamkorlikda oyning eng yaxshilarini aniqlashda davom etadi. Navbat may oyiga etib keldi.
Mart oyi yakunlariga ko`ra Mirjalol Qosimov eng yaxshi deb topilgan bo`lsa, aprelda “Buxoro” bosh murabbiyi Ulug`bek Baqoevga teng keladigani topilmadi. Qosimov endilikda may oyi uchun ham kurashda bo`ladi, Baqoev esa da`vogarlar orasida yo`q.
May oyining eng yaxshi murabbiyi kim?
Shota Arveladze — “Paxtakor” — (4 ta o`yin — 3 g`alaba va 1 durang);
Mirjalol Qosimov — “Bunyodkor” (4 ta o`yin — 3 g`alaba va 1 mag`lubiyat);
Ilhom Mo`minjonov — “Navbahor” (4 ta o`yin — 4 ta g`alaba);
Andrey Fyodorov — “Lokomotiv” (4 ta o`yin — 2 g`alaba, 1 durang va 1 mag`lubiyat).
Mazkur ro`yxatdan Qosimov, Fyodorov hamda Mo`minjonov ikkinchi marotaba oyning eng yaxshilari bo`lish uchun kurash olib boradi. Shota Arveladze esa qatorasiga uchinchi marotaba nomzodlar orasida bor. Biroq g`oliblik unga hozircha nasib qilmadi.
P.S. Ovoz berishda Pepsi Superliganing 12 ta klubi bosh murabbiylari va sardorlari ishtirok etadi. Muxlislar ovozi esa Championat.asia nashrida qabul qilinadi.