“Metallurg” – “Nasaf” uchrashuvida Superliga tarixida ilk bor ayol hakam ishlaydi

PEPSI Superliga 15-tur uchrashuvlari doirasidan o`rin olgan “Metallurg” – “Nasaf” uchrashuvini Xasan Ro`ziev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. 

Mazkur o`yinda bosh hakamga O`zbekiston milliy chempionatlari yuqori divizioni tarixida ilk marta ayol hakam yordam beradi. Uchrashuvda buxorolik tajribali hakam Kristina Sereda qanot hakami sifatida faoliyat olib boradi. Bunga qadar Superliga o`yinida ayol hakamlar hech ham ishlamagan. 

 

“Metallurg” – “Nasaf”

Hakamlar: Xasan Ro`ziev, Aleksandr Burov, Kristina Sereda, Abdurashid Xudoyberganov.

Nazoratchi – Aleksandr Popov.

Komissar – Mamur Saidqosimov.

mib
uzcard
cola
apex
bmb