AGMK futbol klubi murabbiylar shtabida o`zgarish amalga oshirildi.
Klub matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, bir yarim mavsum davomida jamoani boshqarib kelgan Viktor Balyutovich, jamoa rahbariyatiga murojaat etib, amaldagi shartnomani bekor qilishni so`radi. O`zaro kelishuvga ko`ra bugundan boshlab Kumikov va jamoa o`rtasidagi mehnat shartnomasi bekor qilindi. Natijada, Kumikov bilan birgalikda murabbiylar shtabida ishlab kelgan tarkib ham Olmaliq shahri jamoasi bilan xayrlashdi.
Ta`kidlash joizki, 2017 yilgi mavsum boshida klub boshqaruvini qo`lga olgan Viktor Kumikov qo`l ostida AGMK milliy chempionatda 43 o`yinda maydonga tushib, 15 g`alaba, 12 durang va 16 mag`lubiyat qayd etdi.