
O`tgan yilning avgustida "Paxtakor" safiga kelib qo`shilgan avstraliyalik yarim himoyachi Rostin Griffits hamda klub o`rtasida tuzilgan shartnoma ikki tomon kelishuvi asosida bekor qilindi.
Klub matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, Griffits bilan 2018 yil oxiriga qadar shartnoma tuzilgan edi. Biroq tomonlar ushbu shartnomani muddatidan avval yakunlashga kelishib olishdi. Shu tariqa 1 iyundan boshlab Griffits "Paxtakor" futbolchisi sanalmaydi.
Ta`kidlash joiz, "Paxtakor" tarkibida jami 16ta o`yin o`tkazgan Rostin Griffits1988 yilning 10 mart sanasida Angliyaning Stok on Trent shahrida tug`ilgan. Fuqaroligi Avstraliya. U faoliyati davomida Angliyaning "Blekbern Rovers", "Akkrington Stenli", Xitoyning "Guanchjou Fuli", Avstraliyaning "Adelaida Yunayted", "Nort Kvinslend Furi", "Tsentral Kost Mariners", "Pert Glori", Gollandiyaning "Roda" klublarida faoliyat olib borgan.