Pepsi Superliga: “Qizilqum” safarda ham yutuqqa erishmoqda

 

 

26 maydagi to`rtta o`yin bilan Pepsi Superliganing 13-turiga ham yakun yasaldi. Bir kun oldin “So`g`diyona”ning “Neftchi” maydonida mag`lub etgani chinakam syurpriz bo`lgandi, bugun ana shunday nomga “Qizilqum” sazovor bo`ldi. Qo`qonda kechgan uchrashuvda navoiyliklar Grigalashvilining birinchi bo`limning qo`shib berilgan vaqtida urgan goli evaziga “Qizilqum” o`zi uchun muhim bo`lgan g`alabani qo`lga kiritdi va garchi turnir jjadvalida ko`tarilmagan bo`lsa-da, ochkolari sonini yaxshilab oldi va “So`g`diyona”ning quvib o`tishiga yo`l qo`ymadi.

“Metallurg” o`z maydonida “Lokomotiv”ni yutgan bo`lsa, “Nasaf” safarda “Buxoro”ga qarshi maydonga tushdi va navbatdagi mag`lubiyatini qabul qilib oldi...

 

Pepsi Superliga. 13-tur.

 

"NAVBAHOR” – AGMK - 1:0 (1:0).

26 may. Namangan shahri. 10800 tomoshabin.

Hakamlar: Zokir Qodirov (Navoiy), Obid Jumaev (Navoiy), Ruslan Samandarov (Navoiy).

mib
uzcard
cola
apex
bmb