Pepsi Superliga 13-turi doirasidagi “Qo`qon-1912” – “Qizilqum” uchrashuvida bosh hakam vazifasini bajargan Akobirxo`ja Shukurullaev o`yin jarayonida ketma-ket xatoliklarga yo`l qo`ygani uchun jazolanadi.
O`FA Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi ushbu holatni o`rganib chiqdi va bosh hakam A.Shukurullaevni Pepsi Superliga o`yinlaridan chetlatishga qaror qildi.
A.Shukurullaevga hakamlik tajribasini orttirish, Pepsi Superli talabiga javob berishga loyiq ko`rilgunga qadar Pro-ligada faoliyatini davom ettirish imkoniyati berildi.