Pepsi Superliganing 13-tur doirasidagi ikkita o`yin o`tkazildi. Toshkent derbisida “Paxtakor” “Bunyodkor”ni mag`lub etishning uddasidan chiqqan bo`lsa, Farg`onada “Neftchi” “So`g`diyona”dan engildi. Har ikkala g`olib jamoa yaqin ta`qibchilari bilan kuch sinashdi va ikklasi ham ulardan uzoqlashishga erishdi. Turnir jadvalining eng yuqorisi “Paxtakor”niki bo`lib qoldi, eng quyisi esa “Neftchi”niki. Har ikkala uchrashuvda ham o`yinning dastlabki daqiqalarida kiritilgan gollar uchrashuvlar taqdirini hal etdi. “Paxtakor”dan farqli o`larov, “So`g`diyona” mezbonlarni ikki marotaba o`z darvozalaridan to`p olib chiqishlariga majbur etdi.
Eng muhimi, “Paxtakor”ning bu galgi o`yini kuzatishga keluvchilar har doimgidanda eng ko`pchilikni tashkil etdi – mazkur o`yinga yigirma uch yarim ming tomshabin tashrif buyurdi. Bu raqam “Paxtakor”ning ushbu mavsumdagi eng katta ko`rsatkichi bo`ldi. Birinchidan, uchrashuvning ahamiyati katta edi, ikkinchidan, klub vakillari stadionga keluvchilar uchun eng qulay sharoitlarni yaratib bermoqda. Ramazon oyida yaxshi niyatlar bilan ro`za tutuvchilarga iftorlik tayyorlab berishi va yana boshqa qator qulayliklari uchun muxlislar ham mamnun bo`lishmoqda...
“PAXTAKOR” – “BUNYoDKOR” - 1:0 (1:0).
25 may. Toshkent shahri. “Paxtakor” stadioni. 23456 tomoshabin.
Hakamlar: Sherzod Qosimov (Toshkent), Olim Abduvasilov (Toshkent), Sanjar Shoyusupov (Toshkent).
"Paxtakor": Eldorbek Suyunov, Akmal Shorahmedov, Sherzod A`zamov, Dilshod Rahmatullaev (Azimjon Ahmedov, 87), Jaloliddin Masharipov, Ismoil Gonsalvesh (Jasur Yaxshiboev, 81), Bahrom Abdurahimov (Jamshid Iskanderov, 89), Vladimir Kozak, Farruh Sayfiev, Marko Simich, Tiago Bezerra.
"Bunyodkor": Murodjon Zuhurov, Rustam Ashurmatov, Akrom Komilov, Anvar G`ofurov, Javlon Ibrohimov, Murodjon Toshmatov (Sanjar Qodirqulov, 85), Sardor Sobirxo`jaev, 68), Filip Rayevats (Shahzodbek Nurmatov, 68).
Gol: T.Bezerra (6).
Ogohlantirishlar: A.G`ofurov (35), A.Komilov (38), J.Ibrohimov (42).
Nazoratchi – Baxtiyor Tog`aev (Toshkent).
Komissar – Sherzod Rajabov.
“NEFTChI” – “SO`G`DIYoNA” - 0:2 (0:1).
25 may. Farg`ona shahri. “Istiqlol” stadioni. 2563 tomoshabin.
Hakamlar: Ravshan Ermatov (Toshkent), Abdulhamidullo Rasulov (Toshkent), Jahongir Saidov (Toshkent).
"Neftchi": Vitaliy Mirniy, Shukurali Po`latov, Abbos Maxstaliev (Islombek Karimov, 67), Abrorbek Ismoilov, Avazbek O`lmasaliev, Abdujamol Isroilov, Abdurahmon Abdulhaqov, Alisher Samatov, Avaz Agaliev (Husniddin G`ofurov, 81), Xurshidbek Asqaraliev (Abdul Aziz Yusupov, 61), Dostonbek Tursunov
"So`g`diyona": Dilshod Hamroev, Sardor Qulmatov, Azamat Isroilov, Elyor Orifov, Dilmurod Karimov, Doniyor Hasanov (Nurillo To`xtasinov, 69), Sardor Azimov, Shohruz Norxonov (Sahob Rashidov, 87), Tohir Shamsiddinov, Oybek Nurmatov (Izzat Abdullaev, 79), Ruslan Melziddinov.
Gollar: Sh.Norxonov (3), O.Nurmatov (56).
Ogohlantirishlar: A.Abdulxaqov (85) - D.Karimiov (51), D.Hamroev (70).
Nazoratchi – Alisher Abdullaev (Toshkent).
Komissar – Ma`mur Saidqosimov.