O`FA Angliya — Belgiya va Braziliya — Serbiya o`yinlariga jami 12 ta chiptani Superliga klublariga beradi

O`zbekiston futbol assotsiatsiyasi Pepsi Superliga klublari uchun JCh—2018 o`yinlariga jami 12 ta chipta ajratdi.

FIFA hamda JCh—2018 mezboni Rossiya chiptalarini adolatli sotish mexanizmini ishlab chiqqan bo`lib, unga ko`ra bu jarayon 4 ta bosqichda amalga oshirilishi kerak edi. Shundan 3 ta bosqich savdolaori allaqachon yakuniga etib ulgurgan. To`rtinchi bosqichda esa faqatgina omadi chopgan muxlislargagina chiptalar nasib qilishi mumkin.

O`FA Xalqaro futbol uyushmasiga maktub bilan chiqib, o`zbekistonlik muxlislar uchun chipta ajratishni so`radi. Bu borada talab katta bo`lgani uchun, FIFA o`zida bor bo`lgan sanoqli chiptalarnigina sotishi mumkin edi.  

Angliya hamda Belgiya terma jamoalari ishtirokidagi o`yin muxlislarimizda katta qiziqish uyg`otishi mumkin. Boisi har ikki terma futbolchilari kuchli beshlikda to`p suradi va ularning O`zbekistonda millionlab muxlislari bor. FIFA mazkur uchrashuv uchun 10 dona chipta taqdim eta olishini ma`lum qildi. Uchrashuv 28 iyun kuni Kaliningrad shahrida bo`lib o`tadi.

Yana 2 ta chipta esa Serbiya — Braziliya o`yiniga bo`ladi. Bu o`yin 27 iyun kuni Moskva shahrida bo`lib o`tadi.

Rejaga ko`ra, Pepsi Superliganing 12 ta klubiga 1 tadan chipta beriladi. Klublar esa chiptani o`zining eng faol muxlisiga taqdim etadi. Yoki bo`lmasa, o`sha chipta lotereya orqali o`z egasini topadi. Buni klublarning o`zi hal qiladi.

O`zbekiston milliy terma jamoasi Qatar mezbonlik qiladigan JCh—2022 da o`ynash huquqini qo`lga kiritsa, o`zbekistonlik jurnalistlarga ham, futbol muxlislariga ham katta miqdorda kvotalar beriladi va bu borada muammolar yuzaga kelmaydi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb