Pepsi Superliga: “Stsenariy” o`xshash, lekin bir xil emas

 

 

Pepsi Superliga 12-tur doirasidagi so`nggi ikkita o`yini nihoyasiga etdi. Har ikklasida ham chiroyli, shiddatli va albatta, murosasiz bahslar kuzatildi. “Lokomotiv”ning “Qizilqum”ga ochko ulashishini, “Qo`qon-1912”ning esa o`z maydonida “Buxoro”dan engilishini kamdan-kam muxlis bashorat qilgan bo`lsa kerak.

 

Aslida “Lokomotiv”ning mag`lub bo`lishiga ham bir bahya qoldi. Ikki bor hisobda orqada borgan “temiryo`lchilar” o`yinning asosiy vaqtiga qo`shib berilgan daqiqalarning so`nggi soniyalarida zol urib, muqarrar mag`lubiyatdan qutulib qolishdi. “Qizilqum” tomonidan kiritilgan har ikkala gol ham tomoshabinlarda iliq taassurot qoldirgan bo`lishi turgan gap. Sababi,navoiyliklar har ikkala golni ham bosh bilan urib kiritishdi. Avvaliga Nemanya Yovanovich, keyin esa Artur Gevorkyan. “Navoiyliklar g`alabali hursandchilikni boshlash arafasida turganda esa Sanjar Shoahmedov jamoadoshlarining joniga oro kirdi.

 

QTso`qonda ham shunga o`xshash “stsenariy” takrorlandi. Hisobni mehmonlar ochishdi,mezbonlar tenglashtirishdi, birinchi bo`limning qo`shib berilgan vaqtining so`nggi soniyalarida buxoroliklar yana hisobda oldinga chiqib olishdi. “Lokomotiv”dan farqli o`laroq, Qo`qondagi o`yinda ikkinchi bo`limda darvozalar ishg`ol etilmadi, mehmonlar mezbonlarning so`nggi daqiqalarda gol urishiga imkon berishmadi...

 

  Pepsi Superliga. 12-tur.

 

LOKOMOTIV” – “QIZILQUM” - 2:2  (1:2).

22 may. Toshkent shahri. "Lokomotiv" stadioni. 5212 tomoshabin.

Hakamlar: Axrol Risqullaev (Toshkent), Xusniddin Shodmonov (Buxoro), Aleksandr Burov (Buxoro).

"Lokomotiv": Ignatiy Nesterov, Kaxi Maxaradze, Sadriddin Abdullaev (Sardor Rashidov, 60), Ikrom Aliboev, Marat Bikmaev, Sardor Mirzaev, Husniddin G`ofurov (Nivaldo, 67), Islom To`xtaxo`jaev (Shuhrat Muhammadiev, 79), Sanjar Shoahmedov, Oleg Zoteev, Igor Yelich.

"Qizilqum": Evgeniy Cheremisin, Erkin Boydullaev, Giorgi Kveseishvili, Doniyor Usmonov (Alisher Sanoev, 55), Fayzulla Qambarov, Artur Gevorkyan (Andrey Sidorov, 90+1), Muhsin Ubaydullaev, Sherali Jo`raev, Elguja Grigalashvili, Mirjalol Qosimov (Samandar Shodmonov, 86), Nemanya Yovanovich.

Gollar: H.G`ofurov (36), S.Shoahmedov (90+4) – N.Yovanovich (5), A.Gevorkyan (40).

Ogohlantirish: I.Elich (80) – M.Ubaydullaev (77), N.Yovanovich (80), E.Cheremisin (86).

Nazoratchi – Radik Serazetdinov (Toshkent).

Komissar – Sherzod Rajabov.

 

 

“QO`QON-1912” – “BUXORO” - 1:2 (1:2).

22 may. Qo`qon shahri. "Markaziy" stadion. 7812 tomoshabin.

Hakamlar: Valentin Kovalenko (Toshkent), Ruslan Serazetdinov (Toshkent), Timur Gaynullin (Toshkent).

 

 

 “Qo`qon-1912”: O`tkir Yusupov, Jamshid Hasanov (Suhrob Berdiev, 66), Javohir Siddiqov, Oybek Rustamov, Bahodir Pardaev (Quvondiq Ro`ziev, 46),  Murod Xolmuhammedov, Aleksandr Merzlyakov, Igor Taran (Nosir Otaqo`ziev, 46), Darko Gojkovich, Marko Milich, Muhammadanas Hasanov.

 “Buxoro”: Akmal Tursunboev, Bobur Omonov, Arslonmurod Omonov, Salamat Qutiboev, Shavkat Salomov (Javohir Qahramonov, 79), San`at Shixov, Artyom Filiposyan, Shaxboz Erkinov (Aziz Ibragimov, 77), Robbim Hasanov, Ergash Ismoilov, Sergey Rusetskiy.

Gollar: M.Hasanov (29) – A.Omonov (14), Sh.Salomov (45+1).

Ogohlantirish: E.Ismoilov (88).

Chetlatish: E.Ismoilov (90+5, 2-sariq).

Nazoratchi – Igor Nexochin (Namangan).

 

Komissar – Sardor Qudratullaev.

mib
uzcard
cola
apex
bmb