
Ayollar futboli bo`yicha mamlakat chempionatining 9-turini boshqarib boruvchi mas`ullar tayinlandi. 24 may kuni bo`lib o`tadigan mazkur turning markaziy uchrashuvi deya baholanayotgan “So`g`diyona” – “Metallurg” jamoalari o`rtasidagi o`yinni B.Yulcharaev boshqarib boradigan bo`ldi. Unga qanotlarda Z.Eliboev va G`.Samandarov yordam beradi.
Ushbu uchrashuv yana shunisi bilan ahamiyatliki, bekoboliklarni mamlakat chempioni, superchempioni va Kubok sohibi darajasiga erishtirgan sobiq bosh murabbiy Sherali Boboqulov ayni paytdagi shogirdlari – “So`g`diyona” jamoasi bilan kurashga kirishadi. Bu o`yinda kim aslida kim, degan savolga javob olinishi kutilmoqda...
Ayollar chempionati. 9-tur. 24 may (payshanba).
AGMK – “Paxtakor”
Hakamlar: X.Jumaeva, Z.Rahmatova, M.Rahmatqulova, S.Ulfatov.
Nazoratchi – R.Davlatmurodov.
Komissar – Sh.Rajabov.
“Qizilqum” – “Sevinch”
Hakamlar: Sh.Rajabov, K.Sereda, N.Muhammadieva, A.sultonov.
Nazoratchi – I.Sharipov.
Komissar – R.Chernikov.
“Buxoro” – “Sho`rtan”
Hakamlar: A.Sidorova, X.Erkinova, A.Konchikova, Sh.Rahmatov.
Nazoratchi – Sh.Egamberdiev.
Komissar – Z.Akromov.
“Qo`qon-1912” – “Neftchi”
Hakamlar: D.Akmalov, D.Rahmonov, O.Umarov, R.Kapadze.
Nazoratchi – T.Nizomov.
Komissar – A.Fayziev.
“Andijanka” – “Navbahor”
Hakamlar: O.To`ychiboev, K.Hasanov, X.O`rolov, Sh.A`zamov.
Nazoratchi – R.Tolipjonov.
Komissar – M.Saidqosimov.
“So`g`diyona” – “Metallurg”
Hakamlar: B.Yulcharaev, Z.Eliboev, G`.Samandarov, M.Turdiev.
Nazoratchi – X.Muxtorov.
Komissar – R.Tolipjonov.
“Lokomotiv” – “Bunyodkor”
Hakamlar: D.Karimov, O.Kallaxo`jaev, Sh.Qayumov, B.Xudoyberganov.
Nazoratchi – A.Isaev.
Komissar – J.Rahmatullaev.