Kecha O`zPFL Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi tomonidan Pepsi Superliganing 13-turini boshqarib boruvchi mas`ullar tayinlangan edi. Bugun ma`lum sababalrag ko`ra mazkur turdan o`rin olgan ikkita o`yinning qanot hakamlari va nazoratchisi almashdi.
Bir guruh hakamlarimiz 25 va 28 may kunlari o`tkaziladigan xalqaro o`rtoqlik uchrashuvlarini boshqarishga taklif etilgan. Jumladan, “Qo`qon-1912” – “Qizilqum” o`yinida qanot hakami sifatida xizmat qiladigan R.Serazetdinov va A.Usmonov 28 may kuni Valentin Kovalenko boshchiligida Turkiya – Eron milliy terma jamoalari o`rtasidagi xalqaro o`rtoqlik o`yiniga taklif etilgan. Shu bois, PFL Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi bu hakamlar o`rniga boshqalarni tayinladi. Ya`ni, R.Serazetdinov o`rniga S.Ulfatov, A.Usmonov o`rniga A.Tsapenko.
Shuningdek, ikki nafar nazoratchilar ham joylarini almashgan. “Neftchi” – “So`g`diyona” o`yinida nazoratchilik qilishga tayinlangan F.Abdullaev “Qo`qon-1912” – “Qizilqum” uchrashuvi nazortchisi A.Arutyunov bilan o`rin almashishdi. Sababi, “Qo`qon-1912” – “Qizilqum” bahsini yosh, iste`dodli hakam A.Shukurullaev boshqaradi. Bu hakamimiz esa FIFAga tavsiya etilmoqda. Buning uchun FIFA yo`riqchisi hisoblangan F.Abdullaev uning xatti-harakatlarini kuzatish, zarurat tug`ilganda tavsiyalar berish topshirig`ini olgan.