Aslida Pepsi Superliganing 13-turi ikki kunda uchtadan tarzda o`tkazilishi belgilangan edi. Unga ko`ra “Buxoro” – “Nasaf” uchrashuvi ham 25 mayda o`tishi lozim edi. Ammo, ma`lum sabablarga ko`ra mazkur uchrashuv 26 mayga ko`chirildi.
Sababi, Milliy terma jamoamizning Eronda xalqaro o`rtoqlik uchrashuvi o`tkazishi munosabati bilan o`zgartirish kiritilgan 12-turda “Buxoro” 22 may kuni vodiyda “Qo`qon-1912” jamoasi bilan kuch sinashmoqda. Aynan shu turdagi o`zgarishlar tabiiyki, 13-turga ham ta`sirini ko`rsatmoqda. Oldindan belgilangan taqvim bo`yicha buxoroliklar 25 mayda o`z maydonida “Nasaf”ni qabul qilishi lozim edi. Biroq vodiydan, tog` osha Buxoroga etib borguncha kamida bir yoki bir yarim kun kerak bo`ladi. Muhim uchrashuvga jismoniy charchoq holda tushishning oldini olish maqsadida “Buxoro” klubi mutasaddilari PFLga rasmiy iltimos bilan chiqishdi. O`z o`rnida PFL rahbarlari ham buni inobatga oldi.
13-tur
25 may (juma)
“Neftchi” - “So`g`diyona” 18:49
“Paxtakor” – “Bunyodkor” 18:59 (live)
26 may (shanba)
“Buxoro” – “Nasaf” 19:21 (live)
“Navbahor” – AGMK 18:50
“Metallurg” – “Lokomotiv” 19:00
“Qizilqum” – “Qo`qon-1912” 19:19