Pro-liga: “V” guruhida yangilik – “Zomin” peshqadam!

 

 

Pro-liganing 9-tur o`yinlari bo`lib o`tdi. “A” guruhida turnir jadvalini boshqarib boruvchilar qatorida o`zgarish yuz bergani yo`q. “Andijon” garchi safarda kuchli raqibiga qarshi to`p surib, ikki ochko yo`qotgan bo`lsa-da, ikkinchi pog`onanai hech kimga bo`shatmadi. Buning aksi o`laroq, “Dinamo” garchi ochko ishlagan bo`lsa-da, autsayderlik maqomini o`zidan begona qilmadi. Mavsum boshida Superligaga da`vogarlar ro`yxatida birinchi o`rinda tilga olingan “Dinamo”ning salkam o`n turdan beri birorta yutuqqa erisha olmayotgani ko`pchilikni taajjublantiryapti. Huddi shuningdek, “Xorazm”ning ham ahvoli durust emas.

 

Qaytanga, “V” guruhidagi o`yinlar tobora qizib bormoqda. 9-turga kelib guruhning yangi “hokimi” paydo bo`ldi – “Zomin” garchi mavsum boshida peshqadamlar qatorida yurgan bo`lsa-da, aynan peshqadamlik mazasini totib ko`rmagandi. Mana, 9-turga kelib zominliklar turnir jadvalining eng yuqori cho`qqisiga chiqishdi. Agar “jilovni” qo`ldan chiqarsa, yana pastga tushib ketish qiyin ish emas.

 

 

Aksincha, “Iftixor”, “Xotira-79” kabi jamoalarning imkoniyatlari yuqori sanalgan edi. “Lokomotiv-79” haqida fikr yuritish ham qiyin bo`lib qoldi. Bir necha mavsumdan buyon quyi liganing o`rtamiyona klublaridan bo`lib kelgan jamoaning bu yilgi “shashti” ancha past. Poytaxtliklar shu turgacha birorta yutuq u yoqda tursin, hatto bir ochkolik durang ham qayd etisha olmayapti. Bu ahvolda jamoaning musobaqada qatnashishdan maqsadi nima bo`lgan ekan boshida?...  

 

 

9-tur. 14 may (dushanba)

 

“A” guruhi

 

“DINAMO” – “ANDIJON” - 1:1 (1:0).

Samarqand shahri. “Dinamo” stadioni. 1201 tomoshabin.

Hakamlar: Jasur Muxtorov (Toshkent), Ravil Shoyaxmetov (Toshkent), Server Eremeev (Toshkent).

 “Dinamo”: Shohruh Eshbo`taev, Mirkomil Loqaev, Firdavs Abdusalimov (Jasur Qurbonov, 89), Akmal Bozorov, Ilhom Yunusov, Jasur Ashurov, Jasur Azimov, Amirjon Safarov (Maradona Safarov, 87), Komil Sharofutdinov, Mirzabek Joniqulov, Zohir Qo`ziboev (Damir Temurov, 68).

 “Andijon”: Akmal Ortiqov (Javohir Qilichev, 90+2), Xushnud Avilov, Ibrohim Otaxonov, Sunnatilla Mamadaliev (Hoshim Shokirov, 79), Davron Isoqov, Eldor Boymatov, Ildar Mamatkazin, Shoxruh Boyqo`ziev (Shahboz Jumaboev, 90+4), Laziz Ubaydullaev, Doniyor Abdumannopov (Jahongir Omonov, 64), Nodir Mavlonov.

Gollar: I.Yunusov (43) – D.Isoqov (69).

Ogohlantirish: D.Temirov (70, “Dinamo”).

Nazoratchi  - Farhod Abdullaev (Toshkent).

Komissar – Jahongir Rahmatullaev.

 

 

“ISTIQLOL” – “ShO`RTAN” - 2:1 (0:1).

Farg`ona shahri. “Istiqlol” stadioni. 2024 tomoshabin.

Hakamlar: Akobirxo`ja Shukurullaev (Toshkent), Rasul Fozilov (To`raqo`rg`on), Maksim Nexochin (Namangan).

 “Istiqlol”: Eldor Isaboev, Iqbol Boboxonov, Jasur Ermamatov (Abdulaziz Yoqubov, 60), Abduxoliq Qurbonov (Aziz Madaliev, 46), Rizo Ayvazov (Temur Tolipov, 46), Sardor Sotvoldiev (Sardor Telyakov, 46), Elyor Akbarov, Sherdor To`xtasinov, Temur Sultonov (Bobur Aminjonov, 59), Rustam Abduhamidov, Sanjar Asqaraliev.

 “Sho`rtan”: Alibek Turobov, Muhammadali Aliqulov (Shahzod Hursanov, 85), Xolmurod Xolmurodov, Olimjon Karimov, Sirojiddin Rahmatullaev, Jasur Xolto`raev, G`ulom Rahmonov (Ma`rufxon Murodov, 63),  Islom Boysariev (Muhammadali Abdurahmonov, 46, Nurbek Yo`ldoshev, 75), Og`abek Erkinov, Otabek Narzullaev (Kenja To`raev, 83), Obid Jo`raboev.

Gollar: T.Tolipov (56-pen.) – J.Xolto`raev (24), O.Jo`raboev (70, o`z darv.).

Ogohlantirishlar: S.Asqaraliev (39), A.Madaliev (82) – O.Narzullaev (39), U.Jo`raboev (56), M.Abdurahmonov (62), O.Karimov (o`yindan keyin).

Nazoratchi -  Baxtiyor Tog`aev (Toshkent).

Komissar – U.Umarov.

 

 

“MASh`AL” – “OROL” - 3:0 (3:0).

Muborak shahri. “B.Vafoev” nomidagi stadion. 782 tomoshabin.

Hakamlar: Igor Xudaydatov (Toshkent), Akbar Po`latov Toshkent), Avazbek  Abdullaev Toshkent).

 “Mash`al”: Rahimjon Davronov, Zafarbek Akramov, Sardor Rahmonov, Sardor Abduraimov (Abdulloh Olimov, 46), Mirzakamol Kamolov (Asiljon Begimqulov, 46), Humoyun Murtazoev. (Vohid Shodiev, 58), Jamoliddin Ubaydulloev (Jalil Asani, 61), Husniddin Aliqulov, Bobur Qosimov, Nikita Pavlenko, Akramjon Bahriddinov (Shahzod Ubaydulloev, 76).

 “Orol”: Eldor Shuhratbekov, Rasul Musaev, Islom Seytnazarov, Alisher Soburov, Nurlibek Talasboev (Ulug`bek Qutiboev, 90), Navro`z Alimov (Po`lat Kaipnazarov, 78), Navro`zbek Haipov, Albert Siddiqov, Shahriyor Karimboev, Baxtiyor Arazov, Azamat Bobojonov.

Gollar: H.Murtazoev (6), S.Rahmonov (11-pen.), Akramjon Bahriddinov (16).

Ogohlantirish: H.Murtazoev (37, “Mash`al”).

Chetlatish: I.Seytnazarov (13, “Orol”, raqibiga golli vaziyatda qo`pollik qilgani uchun)

Nazoratchi  - Oleg Rubakov (Toshkent).

Komissar – Bekzod Aripov.

 

 

“XORAZM” – “SURXON” - 0:0.

Urganch shahri. “Yoshlik” stadioni. 752 tomoshabin.

Hakamlar: Asker Najafaliev (Toshkent), Bektursin Kannazarov (Nukus), Jalgasbay Sarsenov (Nukus).

"Xorazm": G`ayrat O`daev, Mirzajon Sa`dullaev (Muhammadqodir Rahimberganov, 46), Ravshanbek Sultonov, Erbol Seytnazarov (Timur Bekchanov, 55), Farruh Haydarov (Sardorbek Matmurotov, 74), Timurbek Ismoilov, Jasurbek Otajonov, Qadamboy Nurmetov, Asadbek Mambetov (Xabibulla Matyoqubov, 83), Siroj Ro`zmetov, Mirjalol Qurbonov.

 “Surxon”: Azamat Ahmedov, Ubaydullo Xoliqulov, Bahriddin Vahobov (Timur Usmonov, 73), Abbos Po`latov, Elbek Otaqulov, Alisher Mirzaev (Sirojiddin Qo`ziev, 64), Farhod Tojiev (Ravshan Xursanov, 87), Islom Inomov (Najmiddin Normurodov, 31), Daniel Nasriddinov, Sardor Eminov (Dilshod Xushbakov, 68),  Azizbek Usmonov.

Ogohlantirishlar: J.Otajonov (39), T.Bekchanov (71), G`.O`daev (90+1) – I.Inomov (28), F.Tojiev (67).

Nazoratchi - Oleg Dachev (toshkent).

Komissar – Bobur Haydarov.

 

 

9-turdan keyingi vaziyat:  

 

1.MASh`AL           8        6        1        1        14-7   19

2.ANDIJON         8        5        1        2        17-9   16

3.SURXON             8        4        3        1        11-5   15

4.ISTIQLOL        8        5        0        3        10-10 15

5.ShO`RTAN            8        2        3        3        11-8   9

7.XORAZM             8        1        4        3        10-15 7

6.NORIN              8        1        4        3        6-11   7

8.OROL                8        1        2        5        9-19   5

9.DINAMO           8        0        4        4        5-9     4

 

To`purarlar:       Davronbek Isoqov (“Andijon”) – 7, Qadamboy Nurmetov (“Xorazm”) – 6.

 

 

 

“V” guruhi

 

“XOTIRA-79” – “G`IJDUVON”  - 1:1 (1:0).

Uychi shahri. “Paxtakor” stadioni. 1007 tomoshabin.

Hakamlar: Rustam Lutfullin (Toshkent), Otabek Qosimov (Toshkent), Farruh Yo`ldoshev (Toshkent).

Xotira-79”: Muhammadali Ashurov, Mahmudjon Najmiddinov, Rahmonjon O`rinov (Fozilbek Dehqonov, 67), Sunnatilla Rustamov (Shuhrat Hamidov, 78), Sohib Abdullaev, Yodgor Nazarov, Sobir Hamidov, Sanjar Toshpo`latov, Ilyos Sadriddinov (Omadbek Toshmirzaev, 85), Botir To`raboev, Bobur Mamajonov.

“G`ijduvon”: Iskandar Mo`minov, To`lqin Umarov, Rahmatullo Rahmatulloev (Azizbek Murotov, 25), Saiddoston Fozilov, Baxrom Narzullaev, Nuriddin Rahmatullaev, Jamshid Hasanov, Ravshan Yangiev, Oxunjon Sayfiddinov, Xurshid Shodiev, Mansur Otaqulov (Abbos Ikromov, 84).

Gollar: B.Mamajonov (19) – T.Umarov (74).

Ogohlantirishlar: R.O`rinov (48) – X.Shodiev (35), O.Sayfiddinov (49), R.Yangiev (64).

Nazoratchi - Andrey Klepikov (Toshkent).

Komissar – Laziz Qo`chqorov.

 

 

“LOKOMOTIV-BFK” – “ZOMIN” - 1:4 (0:2).

Toshkent shahri. TTYMI stadioni. 179 tomoshabin.

Hakamlar: Ravshan Abduvohidov (Qarshi), Shohruh Erkinov (Toshkent), Bekzod Xudoyberganov (Toshkent).

 “Lokomotiv-BFK”: Ulug`bek Abdumalikov, Sardor Ismoilov, Elyor Omonjonov (Timur Fayzullaev, 46, Mansur Po`latov, 79), Saidmahmud G`ulomov, Hayotbek Sotvoldiev (Timur Ergashev, 46), Aleksandr Belyakov, Amirbek Fayziev (Saidmirzo To`xtasinov, 59), Islom Sharipov, Azizbek Tohirov, Shohruh Murotov, Islom Abduraimov (Hamidullo Sobirov, 64).

 “Zomin”: Javohir Komilov, Shuhrat Sadirdinov (Jonibek Ko`chimov, 69), Ubaydullo Nabiev, Sherzod Jalilov (Qalandar Qudratov, 82), Tursunmurod Hamdamov (Eldor Karimov, 63), G`ayrat Umirov (Asliddin Meliboev, 84), Durbek Kamolov, Behruz Do`stmurodov (Elbek Jumanov, 79), Hazratjon Tursunqulov, Doston Toshmatov, Shahzod Abdurahimov.

Gollar: T.Ergashev (64), A.Tohirov (62, o`z darv.) – Sh.Abdurahimov (34), Sh.Sadirdinov (40), D.Toshmatov (90+3).

Ogohlantirishlar: A.Tohirov (7), Sh.Murotov (52), A.Belyakov (86) – Sh.Sadirdinov (24), Sh.Abdurahimov (29), D.Toshmatov (54), G`.Umirov (84).

Nazoratchi - G`ayrat Karimov (Toshkent).

Komissar – Rustam Tolipjonov.

 

 

 “LABSA” – “NURAFShON” - 1:0  (1:0).

G`ijduvon shahri. “Navro`z” stadioni. 315 tomoshabin.

Hakamlar: Davron Akmalov (Toshkent), Suxrot Sattorov (Shahrisabz), Rustam Choriev (Jarqo`rg`on).

"Labsa": Shahzod Shamsiddinov, Akobir Vohidov, Oybek Boboev (Xurshid Hasanov, 90+4), Jasur Sayliev (Farmonbek Hasanov, 83), Saidjon Ashurov, Shahzod Beshimov (Javohir Jumaev, 46), Feruz Muinov, Javohir Shodmonov, Ahadjon Qahhorov, Islom Xoliqov, Narimon Hasanov (Nozimjon Ashurov, 51).

"Nurafshon": Ravshan Yagudin, Muhammadodil Qahramonov (Murodjon To`ychiboev, 67), Doston Bahromov (Dilshod Fayziev, 53), Murod Rajabov, Ruslan Beklich (Orifjon Hakimjonov, 70), Abdurasul Komilov, Abdug`ani Kamolov, Ruslan Vagapov, Orifxo`ja Abduxoliqov, Farruh Shotursunov, Elbek Ravshanov.

Gol: S.Ashurov (31).

Ogohlantirishlar: S.Ashurov (43), J.Sayliev (82) – R.Yagudin (8), E.Ravshanov (28), O.Hakimjonov (75).

Chetlatish: F.Shotursunov (87, “Nurafshon”, qanot hakamiga nisbatan haqoratomuz so`zlari uchun).

Nazoratchi - Nabi Ro`zimov (Toshkent).

Komissar – Azizbek Ergashev.

 

 

“IFTIXOR” – “ShERDOR” - 1:1 (1:1).

Oltiariq shahri. “Markaziy” stadion. 2600 tomoshabin.

Hakamlar: G`ayrat Jo`raev (Namangan), Ibrohim Jo`raev (Chirchiq), Husan Xudoyberdiev (Nurafshon).

 “Iftixor”: Xurshid Muhammadov, Hasanboy Ergashev, Oyatulloh Muhiddinov (Ilhom Aliboev, 77),  Akmal Xolmatov, Dilmuhammad Xudoyberdiev, Umid Matmusaev, Farruh Oxunov (Tursunboy Husanov, 55), Asad Komilov (Asad Ma`murov, 20), Nodir Yo`ldoshev, Orif Mamajonov, Said Abdujabborov.

 “Sherdor”: Farhod Rahmatov, Umar Navro`zov (Orzumurod Ahmedov, 69), Mirjalol Loqaev, Sherbek Shukurov, Akbar Siddiqov (Farhod Safarov, 90+1), Abdulla Nabiev, Sanjar Ahmedov, Fahriddin Alimov (Otabek Hamroqulov, 72), Saddam Boymamatov, Nurbek Olmosov, G`olibjon Sariboev.

Gollar: A.Ma`murov (36) – F.Alimov (7).

Ogohlantirishlar: A.Ma`murov (36) – F.Alimov (35), M.Lokaev (78), O.Hamroqulov (82).

Nazoratchi -  Igor Nexochin (Namangan).

Komissar – Komiljon Mirzaboev.

 

 

9-turdan keyingi vaziyat:

 

1.ZOMIN                     8        5        1        2        17-5   16

2.G`IJDUVON               8        4        3        1        13-6   15

3.NURAFShON              8        4        2        2        15-7   14

4.LABSA                     8        4        2        2        9-7     14

5.YoZYoVON                   8        4        1        3        9-9     13

6.IFTIXOR                8        3        2        3        9-7     11

7.ShERDOR                  8        3        2        3        14-14 11

8.XOTIRA-79              8        2        1        5        8-21   7

9.LOKOMOTIV-BFK    8        0        0        8        6-24     0

 

 

To`purarlar:       Doston Toshmatov (“Zomin”) – 10, Orifxo`ja Abduxoliqov (“Nurafshon”), Bobur Mamajonov (“Xotira-79”) – 5 tadan.

mib
uzcard
cola
apex
bmb