Pepsi Superliga: Peshqadamlar ikkinchi davrani g`alabalar bilan boshlashdi

 

 

Bugun Pepsi Superliganing 12-tur doirasidagi uchta o`yini o`tkazildi. Kecha “Nasaf” o`z maydonida “Neftchi”ni mag`lub etgandi, “Qo`qon-1912” – “Buxoro” hamda “”Lokomotiv” – “Qizilqum” jamoalarining uchrashuvlari 22 mayga qoldirilgan. Bugungi uchta o`yinda esa durang qayd etilmadi, peshqadamlar qaerda to`p surishmasin, murodlariga etishdi.

 

“Navbahor” o`z uyida “Metallurg”ni qabul qilar ekan, qanday bo`lmasin yutuqqa erishishni maqsad qildi. Biroq birinchi bo`limda buning imkoni bo`lmadi. Ikkinchi bo`limda zaxiradan maydonga tushgan  Azamat Allaniyozov namanganlik muxlislar uchun chinakam qahramonga aylandi – bir o`zi uchta gol urib, raqib jamoaning yirik hisobdagi mag`lubiyatini ta`minladi.

 

Turnir jadvalida bir-birini ta`qib qilayotgan “Paxtakor” va “Bunyodkor” safarda o`ynadi, har biri raqibining “qoqilishini” kutdi, biroq hech kim taslim bo`lmadi. Aksincha, mezbonlar jabr chekishdi. Ushbu g`alabalar har ikkala jamoa uchun ikkinchi davrani muvaffaqiyatli boshlab olishlariga zamin yaratdi...

 

 

 

 “SO`G`DIYoNA” – “PAXTAKOR” - 0:1 (0:0).

15 may. Jizzax shahri. “So`g`diyona” stadioni. 9511 tomoshabin.

Hakamlar: Ilgiz Tantashev (Buxoro), Andrey Tsapenko (Toshkent vil.), Artyom Kalinin (Qarshi).

 

 

“So`g`diyona”: Dilshod Hamroev, Sardor Qulmatov, Azamat Isroilov, Dilmurod Karimov (Oybek Nurmatov, 46), Doniyor Hasanov (Siroj Meliev, 78), Sardor Azimov (Iqboljon Malikjonov, 55), Shohruz Norxonov, Akmal Xolmurodov, Tohirjon Shamsiddinov, Ruslan Melziddinov, Nurillo To`xtasinov

Paxtakor”: Eldorbek Suyunov, Akmal Shorahmedov, Sherzod A`zamov, Azimjon Ahmedov (Rostin Griffits, 86), Jaloliddin Masharipov, Ismoil Gonsalvesh (Jamshid Iskanderov, 67), Bahrom Abdurahimov (Jasur Yaxshiboev, 73), Stanislav Andreev, Vladimir Kozak, Marko Simich, Tiago Bezerra.

 

Gol: J.Masharipov (73, pen.).

Ogohlantirishlar: A.Xolmurodov (72) – A.Ahmedov (75).

Nazoratchi – Marat Ismoilov (Toshkent).

Komissar – Ma`mur Saidqosimov.

 

 

 “NAVBAHOR” – “METALLURG”  - 3:0 (0:0).

15 may. Namangan shahri. "Markaziy" stadion. 14200 tomoshabin.

Hakamlar: Ravshan Ermatov (Toshkent), Abdulhamidillo Rasulov (Toshkent), Jahongir Saidov (Toshkent).

 

 

 “Navbahor”: Botirali Ergashev, Tomislav Payovich, Darko Stanoevich, Jahongir Mehmonov, Dilshod Jabborov (Ayubxon No``monov, 12), Mirzohid G`ofurov, A`zam Aliev, Oston O`runov, Azizbek Turg`unboev, Zohir Pirimov (Azamat Allaniyozov, 46), Sardor Sulaymonov (Ro`zimboy Ahmedov, 73).

"Metallurg": Zafar Safoev, Abbosjon Otaxonov, Suhrob Nurulloev, Shahzod Shaymanov, Zabihillo O`rinboev (Javoxir Esonqulov, 75), Zohid Abdullaev (Pavel Purishkin, 82), Dilyorbek Irmatov, Akbarjon Ismatullaev, Muhammad Isaev (Islombek Isoqjonov, 63), Zafar To`raev, Pavel Smolyachenko.

 

Gollar: A.Allaniyozov (52, 70, 87).

Ogohlantirishlar: O.O`runov (35), J.Mehmonov (57), M.G`ofurov (87) - A.Otaxonov (13), Z.O`rinboev (40).

Nazoratchi – Dmitriy Roman (Toshkent).

Komissar – Laziz Qo`chqorov.

 

 

AGMK – “BUNYoDKOR”  - 1:2 (0:2)

15 may. Olmaliq shahri. AGMK stadioni. 8768 tomoshabin.

Hakamlar: Olim To`ychiboev (Farg`ona), Ravshan Kapadze (Farg`ona), Shohruh A`zamov (Farg`ona).

 

 

AGMK: Pavel Matyash, Abduqahhor Xojiakbarov, Xurshidbek Muxtorov, Muzaffar Muzaffarov (Sanjar Rixsiboev, 46), Shoxnazar Norbekov (Otabek Zokirov, 57), Lutfulla To`raev, Vladimir Bubanya, Vladislav Kasminin, Yovan Jokich, Javlon Guseynov (Zafar Polvonov, 46), Vadim Chemirtan.

"Bunyodkor": Suhrob Sultonov, Rustam Ashurmatov, Akram Komilov, Anvar G`ofurov, Javlon Ibrohimov, Murodjon Toshmatov (Sanjar Qodirqulov, 76), Sardor Sobirxo`jaev, Mirg`iyos Sulaymonov, Xurshid G`iyosov, Mirjamol Qosimov (Davron Umirov, 65), Filip Raevats (Shahzodbek Nurmatov, 81).

 

Gollar: Z.Polvonov (63) - Filip Rayevats (14, 34).

Ogohlantirishlar: L.To`raev (43),A.Xojiakbarov (90+2) – M.Qosimov (62).

Nazoratchi – Noil Lutfullin (Toshkent).

 

Komissar – Roman Chernikov.

mib
uzcard
cola
apex
bmb