Pepsi Superliga: "Nasaf" besh turdan keyin nihoyat, g`alaba qozondi

 

 

“Nasaf” klubida yuz berayotgan iqtisodiy muammolar jamoaning natijalariga ham ta`sirini ko`rsatmay qolmayapti. Mavsumni binoyidek boshlagan jamoadan oltinchi turdan keyin omad yuz o`girdi. Ketma-ket beshta turdan buyon g`alaba qozona olmayotgan, ketma-ket uchta uchrashuvdan beri maydonni mag`lub holda tark etayotgan jamoa nihoyat bugun g`alaba qozonishning uddasidan chiqdi. Bunda ham besh mingdan ziyod qarshilik tomoshabinlar o`yin oxirigacha “yuraklarini xovuchlab” o`tirgani bor gap.

O`yinning rasman vaqti tugagandan keyingina mezbon futbolchilar “uyg`onishdi”. Avvaliga 90-daqiqada farg`onaliklarning jarima maydoni ichida to`pga qo`l bilan o`ynashlari oqibatida belgilangan penaltini Dragan Cheran bexato bajargan bo`lsa, bosh hakamning qo`shib bergan daqiqalarining ikkinchisida Igor Golban raqib darvozasini nishonga olib, jamoadoshlarining g`alabasini ta`minladi...

 

Pepsi Superliga. 12-tur.

 

 

"Nasaf" - "Neftchi" - 2:0 (0:0).

14 may. Qarshi shahri. "Markaziy" stadion. 5621 tomoshabin.

Hakamlar: Aziz Asimov (Toshkent), Timur Galeev (Toshkent), Aleksandr Sidorov (Toshkent).

 

“Nasaf”: Sanjar Quvvatov, G`olib G`aybullaev (Jahongir Aliev, 74), Azizjon G`aniev, Odiljon Hamrobekov, Sharof Muhitdinov, Doniyor Narzullaev (Slavko Lukich, 46), Igor Golban, Saydullo Rahmatov, Sherzod Temirov (Islom Kenjaboev, 63), Dragan Cheran, Umarbek Eshmurodov.

“Neftchi”: Abdumavlon Abdujalilov, Iskandar Shoyqulov, Shukurali Po`latov, Avazbek O`lmasaliev, Husniddin G`ofurov (Davron Mamatov, 90), Abdujamol Isroilov, Abdurahmon Abdulhaqov (Abdul Aziz Yusupov, 73), Alisher Samatov, Xurshid Asqaraliev, Islombek Karimov (Otabek Ahmadjonov, 58), Dostonbek Tursunov.

 

Gollar: D.Cheran (90-pen.), I.Golban (90+2).

Ogohlantirishlar: J.Aliev (88) – A.Yusupov (74), H.G`ofurov (88).

 

Nazoratchi - Arslon Hotamov (Toshkent).

 

Komissar - Baxtiyor Namozov.

mib
uzcard
cola
apex
bmb