Pepsi Superliga klublari stadionlariga sayohatlar davom etmoqda

 

Mamlakatimiz bo`ylab Pepsi Superligada ishtirok etuvchi klublar stadionlariga muxlislarning sayohat uyushtirishlari davom etmoqda. Kecha va bugan “So`g`diyona”  hamda “Navbahor” klublarining uy o`yinlariga mezbonlik qiluvchi stadionlar muxlislar bilan gavjum bo`ldi.

Namangan shahridagi “Markaziy” o`yingohga Namangan shahridagi 82-maktabning bir guruh o`quvchilari sayohat uyushtirishdi. Ularga mazkur maktab direktori Ma`suda Mirzamova, jismoniy tarbiya o`qituvchisi Tojiboy Boyxonov, shuningdek, ushbu maktabning futbol to`garagi murabbiylari – Xayrulla  Nizomov, Anasxon Inamov va Bahromjon Abdukarimov hamrohlik qilishdi.

O`z o`rnida ta`kidlash joizki, 82-maktabda futbol to`garagi faoliyat yuritib, unga 11-14 yoshlardagi 80 nafar o`quvchi a`zo bo`lib, futbol sir-asrorlarini o`rganmoqda. Shu to`garakning 7-8 sinf o`quvchilari maktablar o`rtasidagi “Charm to`p” musobaqasining Namangan viloyat bosqichida g`oliblikni qo`lga kiritishdi va  respublika final bosqichi yo`llanmasini qo`lga kiritishdi. “Markaziy” o`yingohga aynan ushbu final bosqichiga yo`l olgan yosh futbolchialr tashrif buyurishdi.

O`quvchilar “Markaziy” o`yingoh maydoni, futbolchilarning kiyim almashtirish xonasi, matbuot anjumani zali bilan tanishishdi.

Bundan tashqari, o`quvchilar “Navbahor”  yoshlar jamoasi bosh murabbiyi Shuhrat Qoraboev,  darvozabon Mirzohid Mamatxonov, yarim himoyachilar Oston O`runov, Shohzamon Xayrullaev, Oybek Mirzohidov, hujumchi  Ravshan Do`smatovlar bilan uchrashib, ulardan dastxat olishdi, esdalik uchun suratga tushishdi.

Tadbir so`nggida sayohat ishtirokchilariga “Navbahor” PFK tomonidan futbolkalar sovg`a qilindi. Futbolkalarni o`quvchilarga “Navbahor” klubi katta ma`muri Muhiddin Meliboev, ma`mur Abdumalik Umrzoqov va futbolchi Oybek Mirzohidov topshirdi.

Mazkur tashrif o`quvchilarda katta taassurot qoldirdi, futbolchilar va murabbiylar bilan uchrashuv esa “Charm to`p” respublika final bosqichi bahslarida ularga ruhiy dalda bo`lishiga shubha yo`q.

 

 

 Kuni kecha “So`g`diyona” stadioniga Zomin tumanidagi kollej  o`quvchilari sayohat uyushtirishdi. Ular tashrifi davomida stadion muzeyi,  kiyinish xonalari va boshqa diqqatga sazovor joylarni tomosha qilishdi. Shuningdek, “So`g`diyona” futbolchilari bilan davra suhbati uyushtirildi, esdalik uchun sur`atga tushdilar. So`ngra, “So`g`diyona” - “Bunyodkor” o`yinini bevosita stadiondan turib tomosha qilishdi. O`yindan so`ng o`quvchilar “So`g`diyona” rahbariyatiga o`z minnatdorliklarini izhor qilishdi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb