Pepsi Superliganing 11-turidan joy olgan “So`g`diyona” va “Bunyodkor” jamoalari o`rtasidagi uchrashuvda “qaldirg`ochlar” muhim uch ochkoni qo`lga kiritishdi. Javlon Ibrohimovning birinchi bo`lim oxirlarida chamasi 13-14 metr masofadan bergan kuchli zarbasi golga aylandi. Ikkinchi bo`lim boshlarida Dilmurod Karimov hisobni tenglashtirdi. Uchrashuv tugashiga sanoqli daqiqalar qolganda esa “Bunyodkor”ning legioner futbolchisi Filip Raevats jamoadoshlari uchun muhim bo`lgan golni kiritishga muvaffaq bo`ldi.

Tanaffus paytida "So`g`diyona" jamoasini qo`llab-quvvatlash uchun Olimpiya o`yinlari sovrindori, boks bo`yicha Osiyo chempioni Murodjon Ahmadaliev tashrif buyurdi. Unga klubning esdalik sovg`alarni toshirildi.

“SO`G`DIYoNA” – “BUNYoDKOR” - 1:2 (0:1).
12 may. Jizzax shahri. “So`g`diyona” stadioni. 9311 tomoshabin.
Hakamlar: Zokir Qodirov (Navoiy), Ruslan Samandarov (Navoiy), Obid Jumaev (Navoiy).
"So`g`diyona": Dilshod Hamroev, Sardor Qulmatov, Azamat Isroilov, Elyor Orifov, Dilmurod Karimov (Nurullo To`xtasinov, 65), Doniyor Hasanov, Sardor Azimov, Shohruz Norxonov (Sahob Rashidov, 63), Tohir Shamsiddinov, Izzatillo Abdullaev (Akmal Xolmurodov, 46), Ruslan Melziddinov.
"Bunyodkor": Murodjon Zuhurov, Rustam Ashurmatov, Akrom Komilov, Anvar G`ofurov, Javlon Ibrohimov, Shahzod Nurmatov (Filip Rayevats, 70), Murodjon Toshmatov (Sanjar Qodirqulov, 68), Sardor Sobirxo`jaev, Mirg`iyos Sulaymonov, Xurshid G`iyosov, Mirjamol Qosimov (Davronbek Umirov, 77).
Gollar: D.Karimov (57) – J.Ibrohimov (39), F.Rayevats (85).
Ogohlantirishlar: Akrom Komilov (52), Xurshid G`iyosov (62), Rustam Ashurmatov (73), Mirg`iyos Sulaymonov (83) - Sardor Qulmatov (65), Ruslan Melziddinov (80).
Nazoratchi – Artem Arutyunov (Toshkent).
Komissar- Baxtiyor Namozov.