Pepsi Superliga: “Lokomotiv” qiyinchiliksiz murodiga etdi

 

 

11-turning to`rtinchi uchrashuvida “Buxoro”ni qabul qilgan “Lokomotiv” ortiqcha qiyinchiliksiz yutuqqa erishdi.

Birinchi bo`limning yarmiga kelib, mezbonlar Ikrom Aliboev va Sardor Mirzaevlar hisobiga ketma-ket ikkita gol urishib, o`yin taqdirini deyarli hal etib bo`lishgandi. Ikkinchi bo`limda mehmonlar harchand harakat qilishmasin, bittadan ortiq gol kirita olishmadi, aksincha, maydon egalari yana bir bor raqib darvozasini ishg`ol etishib, muqarrar g`alabani ta`minlay oldilar...

 

11-tur.

 

“LOKOMOTIV” – “BUXORO” - 3:1 (2:0).

11 may. Toshkent shahri. "Lokomotiv" stadioni. 6050 tomoshabin.

Hakamlar: Temur To`xtasinov (Andijon), Anvar Marajabov (Andijon), Ziyodulla  Abdurahmonov (Andijon).

"Lokomotiv": Ignatiy Nesterov, Kaxi Maxaradze (Boburbek Yo`ldoshev, 82), Sadriddin Abdullaev (Nivaldo, 65), Ikrom Aliboev, Marat Bikmaev, Sardor Mirzaev, Islom To`xtaxo`jaev, Sanjar Shoahmedov, Sardor Rashidov (Husniddin G`ofurov, 64), Oleg Zoteev, Igor Yelich.

"Buxoro": Asilbek Omonov, Arslonmurod Omonov, Salamat Qutiboev (Anvarjon Jo`raev, 88), Shavkat Salomov, San`at Shixov, Artyom Filiposyan, Shavkat Mullajonov, Ergash Ismoilov, Javohir Qahramonov (Shahboz Erkinov, 80), Aziz Ibragimov (Bahodir Nasimov, 68), Sergey Rusetskiy.

Gollar: I.Aliboev (26), S.Mirzaev (28), M.Bikmaev (63) – A.Omonov (49).

Ogohlantirishlar: K.Maxaradze (75) – A.Filiposyan (33), S.Qutiboev (75), A.Jo`raev (89), Sh.Mullajonov (90+3).

Nazoratchi – Farhod Abdullaev (Toshkent).

 

Komissar – Sardor  Qudratullaev.

mib
uzcard
cola
apex
bmb