11-tur doirasida safarda – “Nasaf” maydonida to`p surgan “Paxtakor” maydon egalarini 2:1 hisobida mag`lubiyatga uchratib, turnir jadvalidagi peshqdamlik o`rnini yanada mustahkamlab oldi. “Sherlar” Jaloliddin Masharipovning tezkor goli evaziga hisobda oldinga chiqib olgan edi, biroq mehmonlarning hursandchiliklari uzoqqa cho`zilmadi, ikki daqiqa o`tar-o`tmay G`olib G`aybullaev hisobni tenglashtirdi. Hatto mezbonlar hisobda oldinga ham chiqb olgandi, biroq jamoa golurari Ismoil Gonsalvesh o`zini ko`rsatdi – ikki bor raqib darvozasini aniq nishonga olib, jamoadoshlarining muhim g`alabasini ta`minladi...
“NASAF” – “PAXTAKOR” – 2:3 (2:2)
11 may. Qarshi shahri. “Markaziy” stadion. 10512 tomoshabin.
Hakamlar: Ravshan Ermatov (Toshkent), Abduhamidullo Rasulov (Toshkent), Jahongir Saidov (Toshkent).
“Nasaf”: Sanjar Quvvatov, G`olib G`aybullaev, Aziz G`aniev, Odilbek Hamrobekov (Islom Rashidxonov, 77), Bobir Abduxoliqov (Islom Kenjaboev, 51), Sharof Muhitdinov (Jasur Hasanov, 63), Doniyor Narzullaev, Igor Golban, Saydullo Rahmatov, Slavko Lukich, Dragan Cheran.
“Paxtakor”: Eldor Suyunov, Akmal Shorahmedov, Sherzod A`zamov, Azim Ahmedov, Dilshod Rahmatullaev (Jamshid Iskanderov, 81), Jaloliddin Masharipov, Ismoil Gonsalvesh (Rostin Griffits, 89), Baxrom Abdurahimov (Jasur Yaxshiboev, 90+1), Vladimir Kozak, Marko Simich, Tiago Bezerra.
Gollar: G`.G`aybullaev (4), B.Abduxoliqov (37) – J.Masharipov (2), I.Gonsalvesh (41, 84-pen.).
Ogohlantirishlar: A.G`aniev (49), D.Narzullaev (83) – I.Gonsalvesh (84).
Nazoratchi – Rashid Aytekov (Toshkent).
Komissar – Ma`mur Saidqosimov.