Kechki oqshomda bekobodliklar o`z stadionlarida qiziqarli uchrashuv guvohi bo`lishdi. O`yin oldidan stadion hududida muxlislar uchun salqin ichimliklar savdosi, fasd fud, Metallurg va Superliganing boshqa klublarning atributikalari savdo do`koni ham ishlab turdi.

Bugun "Metallurg" futbol klubi ishqibozlari uchun ham ajoyib syurpriz tayyorlangadi. Klubning timsoli - maskoti tasdiqlandi. Bugundan e`tiboran "Metallurg" jamoasi "Bekobod yo`lbarslari" laqabini oldi.
Har ikkala jamoa g`alaba ishtiyoqida maydonda to`p surdi, biroq hujumlarni yakunlash borasida oqsashdi. Uchrashuvda durang natija qayd etiladigandek ko`ringandi. Ammo uchrashuv tugashiga besh daqiqa qolganda standart vaziyat mehmonlar uchun omadli bo`ldi. Burchakdan to`p o`yinga kiritilganda shamol to`pning yo`nalishini o`zgartirdi va Vladimir Bubanyaga kelib tushdi. Uning engil urinishidan keyin to`p darvoza chizig`ini kesib o`tdi – 0:1. Ushbu hisob o`yin oxirigacha saqlanib qoldi va AGMK ilk bor Bekobodda mezbonlar ustidan g`alaba qozondi

“METALLURG” – AGMK – 0:1 (0:0).
10 may. Bekobod shahri. “Metallurg” stadioni. 8047 tomoshabin.
Hakamlar: Viktor Serazetdinov (Toshkent), Andrey Snetkov (Toshkent), Sultonmurod Ulfatov (Toshkent).
“Metallurg”: Javohir Ilyosov, Abbosjon Otaxonov, Shahzod Shaymanov, Zabixillo O`rinboev, Islombek Isoqjonov, Zohid Abdullaev, Sherzod Fayziev, Akbarjon Ismatullaev, Muhammad Isaev (Suhrob Nurulloev, 70), Abror Xusinov (Dilyorbek Irmatov, 39), Pavel Smolyachenklo.
AGMK: Pavel Matyash, Abduqahhor Hojiakbarov, Xurshidbek Muxtorov (Qahramon Bahodirov, 50), Dilshod Jo`raev, Shohnazar Norbekov (Zafar Polvonov, 86), Lutfillo To`raev, Vladimir Bubanya, Vladislav Kosminin, Yovan Jokich, Javlon Guseynov, Vadim Chemirtan.
Gol: V.Bubanya (85).
Ogohlantirishlar: Sh.Shaymanov (23), A.Ismatullaev (54), S.Nurulloev (72), A.Otaxonov (75), P.Smolyachenko (90+2) – X.Muxtorov (18), Y.Jokich (55), J.Guseynov (82).
Nazoratchi - Sardor Najafaliev (Toshkent).
Komissar - Roman Chernikov.