Pepsi Superliganing Muborak Ramazon oyiga belgilangan o`yinlarining boshlanish vaqtlari

Kelasi haftada muborak Ramazon oyi boshlanadi. O`zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Professional futbol ligasi rahbariyati futbol uchrashuvlari vaqtini muxlislar talabidan kelib chiqib, qayta ko`rib chiqishi haqida avval xabar berib o`tgandik. Jumladan, O`zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov bu borada quyidagi fikrlarni bildirib o`tgandi: “Muxlislarni futbol maydonlariga qaytarish uchun izlanishdan to`xtamaymiz. Ular uchun yaratib beriladigan har qanday sharoit birinchi navbatda o`zimizni ham xursand qiladi.  Bunda birinchi galda iftorlik vaqtini hisobga olish kerak. Ya`ni, futbol uchrashuvlari shunday vaqtga qo`yiladiki, bo`limlarning tugashi og`iz ochish vaqtiga yo`l ochib beradi. Islom diniga e`tiqod qiluvchi futbol muxlislarimiz iftorlik qilish hamda o`z farzlarini ado etish imkoniyatiga ega bo`lishadi”.

 

Ana shundan kelib chiqqan holda, muborak Ramazon oyida bo`lib o`tadigan Pepsi Superliga bahslari quyidagi vaqtlarga belgilandi:

 

 

Pepsi Superliga.

 

 

12-tur

22 may (seshanba)

 

“Qo`qon-1912” – “Buxoro” (jonli efir)        Soat 18:49

“Lokomotiv” – “Qizilqum” (yozib olinadi)    Soat 18:56

 

13-tur

25 may (juma)

“Neftchi” – “So`g`diyona”                                Soat 18:49

 “Paxtakor” – “Bunyodkor” (jonli efir)       Soat 18:59

 “Buxoro” – “Nasaf” (yozib olinada)             Soat 19:20

 

26 may (shanba)

 “Navbahor” - AGMK  (jonli efir)               Soat 18:50

 “Metallurg” –  “Lokomotiv”  (yozib olinadi)Soat 19:00

 “Qo`qon-1912” -  “Qizilqum” (yozib olinada) Soat 18:53

 

Ko`rib turganingizdek, o`yinlar vaqti shunday tuzilganki, birinchi bo`lim tugaganini bildiruvchi hakamning hushtagidan keyin muxlislar iftorlik qilishlari va farzlarni ado qilishlari mumkin. Bu vaziyatda turli hududlarda quyosh botishi har xil vaqtga to`g`ri kelishi,  shundan kelib chiqqan holda, og`iz ochish vaqtlari ham bir-biridan farq qilishi inobatga olingan.

Yana bir ma`lumotni aytib o`tish zarur. 13-turdan o`rin olgan “Qizilqum” – “Qo`qon-1912” o`yini qur`aga ko`ra aslida Navoiy shahrida bo`lib o`tishi kerak edi. Ammo 2-turdagi “Qo`qon-1912” – “Qizilqum” o`yini Qo`qondagi stadionda rekonstruktsiya ishlari olib borilayotgani tufayli Navoiyda o`tkazilgan. Shu sababdan endi 13-turdan o`rin olgan o`yin Qo`qondagi “Markaziy” o`yingohida bo`lib o`tadi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb