Yurtimizda Islom dinini yoshlarga etkazish, uni to`g`ri tashviqot qilish yo`lida ko`plab amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. “Boshqa davlatlarda Islom dinini o`ziga niqob qilib, boshqa yo`llarga yurayotgan bolalar, shu terrorizm, diniy aqidaparastlik kabi narsalar bizga yot bo`lishi kerak”, deb aytgan muhtaram Prezidentimiz.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev BMT assambleyasidagi nutqida butun jahon jamoatchiligiga islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini etkazishni O`zbekiston eng muhim vazifa deb hisoblashini ham ta`kidlagan edi.
Sanoqli kunlardan so`ng muborak Ramazon oyi kirib keladi. Shu munosabat bilan aksariyat stadionlarda muxlislar uchun Ramazon oyi munosabati bilan maxsus qulayliklar yaratilmoqda. Jumladan, “Lokomotiv” stadioniga tashrif buyurgan futbol muxlislari 4 sektor oldidan alohida ajratilgan joyda namoz ibodatlarini bajarishlari va namoz tahoratini olish xonalari tashkil etiladi.
Eslatib o`tamiz, “Lokomotiv” – “Buxoro” uchrashuviga kirish bepul. Chiptalar “Lokomotiv” stadioni kassalarida tarqatiladi. O`yin 11 may kuni soat 20:30da boshlanadi. Barcha futbol ishqibozlarining oilaviy tashrifini kutib qolamiz.