O`zbekiston Professional futbol ligasi Superliga klublarining 18 yoshgacha bo`lgan futbolchilaridan tashkil topgan jamoalari o`rtasidagi musobaqani 19 maydan e`tiboran boshlaydi.
Reglamentga ko`ra, Superliganing 12 ta klubi ikki davralik — jami 22 turdan iborat bo`lgan o`yinlarda ishtirok etadi. Mazkur liga Yoshlar Ligasidan tamomila farq qiladi va unda Superliga klublariga qarashli futbol akademiyalari yoki futbol maktablari tarbiyalanuvchilari kurash olib boradi. Yoshi katta futbolchilarning ishtirokiga yo`l qo`yilmaydi.
PFL ishtirokchi klublarga qulaylik yaratish maqsadida, Superliga U18 musobaqasiga qaytadan qur`a tashlab o`tirmadi. Jamoalar Superliga taqvimining 22-turgacha bo`lgan ko`rinishidagi kabi maydonga chiqadi. O`yinlar haftaning faqatgina shanba kunida o`tkaziladi. So`nggi — 22-tur bellashuvlari 24 noyabrga to`g`ri keladi.
Bu kabi musobaqalar bosqichma-bosqich rivojlantirib boriladi. Keyinroq Pro-Liga klublaridan ham U18 jamoasiga asos solish talab etiladi. Tabiiyki, bu holat futbol maktablarining rivojiga qisman ta`sir ko`rsatadi. Ya`ni, futbol maktabini bitirib chiqayotgan futbolchilarda o`zini namoyon qilish imkoniyati oshadi.
O`z navbatida selektsioner murabbiylarda ham iqtidorlarni izlash jarayoni osonlashadi, shuningdek, o`smirlar va yoshlar terma jamoalariga futbolchilarni saralab olish ishlari jadallashadi.
Pro-Liga klublari U18 jamoasiga ega bo`lgan vaqtdan e`tiboran, Superliga klublari U16 jamoalari bilan alohida musoaqada ishtirok etishi kerak bo`ladi.
Superliga U18 taqvimi bilan quyida tanishish mumkin.
1 tur
19 may
«Bunyodkor» – «AGMK»
«Paxtakor» – «So`g`diyona»
«Neftchi» – «Nasaf»
«Buxoro» – «Qo`qon-1912»
«Qizilqum» – «Lokomotiv»
«Metallurg» – «Navbahor»
2 tur
26 may
«AGMK» – «Navbahor»
«Lokomotiv» – «Metallurg»
«Qo`qon-1912» – «Qizilqum»
«Nasaf» – «Buxoro»
«So`g`diyona» – «Neftchi»
«Bunyodkor» – «Paxtakor»
3 tur
2 iyun
«Paxtakor» – «AGMK»
«Neftchi» – «Bunyodkor»
«Buxoro» – «So`g`diyona»
«Qizilqum» – «Nasaf»
«Metallurg» – «Qo`qon-1912»
«Navbahor» – «Lokomotiv»
4 tur
9 iyun
«AGMK» – «Lokomotiv»
«Qo`qon-1912» – «Navbahor»
«Nasaf» – «Metallurg»
«So`g`diyona» – «Qizilqum»
«Bunyodkor» – «Buxoro»
«Paxtakor» – «Neftchi»
5 tur
16 iyun
«Neftchi» – «AGMK»
«Buxoro» – «Paxtakor»
«Qizilqum» – «Bunyodkor»
«Metallurg» – «So`g`diyona»
«Navbahor» – «Nasaf»
«Lokomotiv» – «Qo`qon-1912»
6 tur
23 iyun
«AGMK» – «Qo`qon-1912»
«Nasaf» – «Lokomotiv»
«So`g`diyona» – «Navbahor»
«Bunyodkor» – «Metallurg»
«Paxtakor» – «Qizilqum»
«Neftchi» – «Buxoro»
7 tur
4 avgust
«Buxoro» – «AGMK»
«Qizilqum» – «Neftchi»
«Metallurg» – «Paxtakor»
«Navbahor» – «Bunyodkor»
«Lokomotiv» – «So`g`diyona»
«Qo`qon-1912» – «Nasaf»
8 tur
11 avgust
«AGMK» – «Nasaf»
«So`g`diyona» – «Qo`qon-1912»
«Bunyodkor» – «Lokomotiv»
«Paxtakor» – «Navbahor»
«Neftchi» – «Metallurg»
«Buxoro» – «Qizilqum»
9 tur
18 avgust
«Qizilqum» – «AGMK»
«Metallurg» – «Buxoro»
«Navbahor» – «Neftchi»
«Lokomotiv» – «Paxtakor»
«Qo`qon-1912» – «Bunyodkor»
«Nasaf» – «So`g`diyona»
10 tur
25 avgust
«AGMK» – «So`g`diyona»
«Bunyodkor» – «Nasaf»
«Paxtakor» – «Qo`qon-1912»
«Neftchi» – «Lokomotiv»
«Buxoro» – «Navbahor»
«Qizilqum» – «Metallurg»
11 tur
8 sentyabr
«Metallurg» – «AGMK»
«Navbahor» – «Qizilqum»
«Lokomotiv» – «Buxoro»
«Qo`qon-1912» – «Neftchi»
«Nasaf» – «Paxtakor»
«So`g`diyona» – «Bunyodkor»
Ikkinchi davra
12 tur
15 sentyabr
«AGMK» – «Bunyodkor»
«So`g`diyona» – «Paxtakor»
«Nasaf» – «Neftchi»
«Qo`qon-1912» – «Buxoro»
«Lokomotiv» – «Qizilqum»
«Navbahor» – «Metallurg»
13 tur
22 sentyabr
«Navbahor» – «AGMK»
«Metallurg» – «Lokomotiv»
«Qizilqum» – «Qo`qon-1912»
«Buxoro» – «Nasaf»
«Neftchi» – «So`g`diyona»
«Paxtakor» – «Bunyodkor»
14 tur
29 sentyabr
«AGMK» – «Paxtakor»
«Bunyodkor» – «Neftchi»
«So`g`diyona» – PFK «Buxara FK»
«Nasaf» – «Qizilqum»
«Qo`qon-1912» – «Metallurg»
«Lokomotiv» – «Navbahor»
15 tur
6 oktyabr
«Lokomotiv» – PFK «AGMK»
«Navbahor» – «Qo`qon-1912»
«Metallurg» – «Nasaf»
«Qizilqum» – «So`g`diyona»
«Buxoro» – «Bunyodkor»
«Neftchi» – «Paxtakor»
16 tur
13 oktyabr
«AGMK» – «Neftchi»
«Paxtakor» – «Buxoro»
«Bunyodkor» – «Qizilqum»
«So`g`diyona» – «Metallurg»
«Nasaf» – «Navbahor»
«Qo`qon-1912» – «Lokomotiv»
17 tur
20 oktyabr
«Qo`qon-1912» – «AGMK»
«Lokomotiv» – «Nasaf»
«Navbahor» – «So`g`diyona»
«Metallurg» – «Bunyodkor»
«Qizilqum» – «Paxtakor»
«Buxoro» – «Neftchi»
18 tur
27 oktyabr
«AGMK» – PFK «Buxara FK»
«Neftchi» – «Qizilqum»
«Paxtakor» – «Metallurg»
«Bunyodkor» – «Navbahor»
«So`g`diyona» – «Lokomotiv»
«Nasaf» – «Qo`qon-1912»
19 tur
3 noyabr
«Nasaf» – «AGMK»
«Qo`qon-1912» – «So`g`diyona»
«Lokomotiv» – «Bunyodkor»
«Navbahor» – «Paxtakor»
«Metallurg» – «Neftchi»
«Qizilqum» – PFK «Buxara FK»
20 tur
10 noyabr
«AGMK» – «Qizilqum»
«Buxoro» – «Metallurg»
«Neftchi» – «Navbahor»
«Paxtakor» – «Lokomotiv»
«Bunyodkor» – «Qo`qon-1912»
«So`g`diyona» – «Nasaf»
21 tur
17 noyabr
«So`g`diyona» – «AGMK»
«Nasaf» – «Bunyodkor»
«Qo`qon-1912» – «Paxtakor»
«Lokomotiv» – «Neftchi»
«Navbahor» – «Buxoro»
«Metallurg» – «Qizilqum»
22 tur
24 noyabr
«AGMK» – «Metallurg»
«Qizilqum» – «Navbahor»
«Buxoro» – «Lokomotiv»
«Neftchi» – «Qo`qon-1912»
«Paxtakor» – «Nasaf»
«Bunyodkor» – PFK «Sogdiana»