"Nasaf" – "Paxtakor" uchrashuvida 5 kishidan iborat hakamlar guruhi ishlaydi

Pepsi Superligasi 11-turining "markaziy o`yini"da mamlakatimizning ikki grand jamoalari – "Nasaf" hamda "Paxtakor" o`zaro bahs olib borishadi.  

Mazkur uchrashuvda Superliga tarixida ilk marta 5 nafar hakamdan iborat guruh ish olib boradi. Uchrashuv bosh hakami – Ravshan Ermatov. Unga qanotlarda A. Rasulov hamda J. Saidovlar yordam berishadi. Darvoza chizig`ida esa V. Kovalenko hamda A. Risqullaev ishlashadi. Zaxira hakami vazifasini A. Najafaliev bajaradi.  

 

Superliga,   11-tur

"Nasaf" (Qarshi) - "Paxtakor" (Toshkent)

Bosh hakam: Ravshan Ermatov

Qanot hakamlari: A. Rasulov, J. Saidov

Darvoza chizig`idagi hakamlar: V. Kovalenko, A. Risqullaev

Zaxira hakami: A. Najafaliev

Nazoratchi:  R. Aytekov  

 

Ta`kidlab o`tamiz, ilgari O`zbekiston chempionati birinchi ligasi-2017 3-turidan o`rin olgan "NBU-Osiyo" – "Zomin" jamoalari o`rtasidagi o`yinda o`zbek futboli tarixida ilk bora darvoza chizig`idagi hakamlar sinovdan o`tkazilgan edi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb