PFL hamda Championat.asia aprel oyining eng yaxshi darvozaboni bo`lishi mumkin bo`lgan nomzodlarni taqdim etdi.
Ular 4 nafar:
O`tkir Yusupov — “Qo`qon-1912”
Eldor Suyunov — “Paxtakor”
Sanjar Quvvatov — “Nasaf”
Asilbek Omonov — Buxoro”.
Mart oyi yakunlariga ko`ra “Bunyodkor” posboni Murod Zuxurov o`z raqobatchilarini katta farq bilan ortda qoldirishga muvaffaq bo`lgandi. Biroq aprel oyida u da`vogarlar orasiga kira olmadi. Eldor Suyunov va O`tkir Yusupov esa bu gal yana bir karra harakat qilib ko`radi.
O`tkir Yusupov — 5 ta o`yinda -2 gol. 3 ta quruq o`yin va 16 ta seyv
“Qo`qon-1912” posboni ketma-ket ikkinchi oy eng yaxshi darvozabon bo`lish uchun nomzodlar qatoriga kirdi. O`tkir Yusupov aprel oyida AGMK, “Nasaf” va “Bunyodkor”ga uchrashuvlarda o`z darvozasidan to`p olib chiqmadi.
Eldor Suyunov — 5 ta o`yinda -2 gol. 3 ta quruq o`yin va 6 ta seyv
Xuddi Yusupov kabi ikkinchi bor oyning eng yaxshi darvozaboni bo`lish uchun “Paxtakor” a`zosi Eldor Suyunov ham kurashadi. Suyunov o`tgan oyda “Metallurg”, “Navbahor” va “Lokomotiv”ga qarshi bahslarda o`z darvozasiga qulf “osib qo`ydi”. Oy davomida o`tkazib yuborilgan 2 ta golidan 1 tasi penaltidan urilgani e`tiborga molik.
Sanjar Quvvatov — 5 ta o`yinda -3 gol. 3 ta quruq o`yin va 9 ta seyv
“Nasaf” darvozaboni Sanjar Quvvatov o`tgan oy o`z darvozasidan 3 ta gol o`tkazib yubordi. 3 ta uchrashuvda esa darvozasi dahlsizligini saqlab, jamoasiga ochko olib berdi. Oy so`ngida “So`g`diyona”ga qarshi bo`lib o`tgan o`yin natijasigina “Nasaf” uchun qimmatli bo`ldi.
Asilbek Omonov — 5 ta o`yinda -4 gol. 3 ta quruq o`yin va 9 ta seyv
“Buxoro”ning muvaffaqiyatli o`yinlarida darvozabon Asilbek Omonovning xizmatlari katta. Posbon aprel oyida 9 ta seyv qildi. U 5 ta uchrashuvda 4 marta darvozasidan to`p olib chiqqan bo`lsa-da, yana 3 ta o`yinda umuman gol o`tkazmagan.
Eslatma. Aprel oyining eng yaxshilariga Superliga klublari bosh murabbiylari hamda sardorlari ovoz beradi. Shuningdek, Championat.asia nashri muxlislar o`rtasida so`rovnoma o`tkazadi. Murabbiy va sardorlar ovoziga ko`ra eng yaxshilarga 1—3 ochko beriladi. Muxlislarning ovozi esa o`rniga qarab 2—6 ochkoga o`tadi.